Abboz Dabilov (qoraqalpoqcha: Abbaz Dabiʻlov, 1898, Rossiya imperiyasi, Amudaryo otdeli, Qoraoy qishlogʻi — 1970, OʻzSSR, SSSR) — qoraqalpoq shoiri va dostonchisi. Oʻzbekiston xalq artisi (1957).

Abbos Dabilov
Tavalludi 1898-yil
Vafoti 1970-yil
Oʻzbekiston SSR
SSSR
Ijod qilgan tillari Qoraqalpoq tili
Fuqaroligi Oʻzbekiston va SSSR

Abboz Dabilovning otasi Dabil erta vafot etib, onasi bilan birga qoladi. Abboz shoirga "Qoraqalpogʻiston xalq shoiri", "Oʻzbekiston xalq jirchisi" unvonlari berildi. A. Dabilov "Bahodir" dostoni uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat mukofoti laureati boʻldi. U eng dastlab tugʻishgan akasi Hamzadan qissa oʻqishni oʻrgandi. Shoirning «Qoʻshiqlar» (1940), «Jeńisler yoshı» (1942), «Alǵa» (1959), «Qosıqlar» (1962),«Júrekke jaqın adamlar» (1965), «Arnawlar» (1966), «Bilimlen» (1968), «Temir yol» (1973), «Námárt jigit nege dárkar» (1976) va boshqa poezik toʻplamlari bosilib chiqdi. Shoirning "Bahodir" dostoni ikki marotaba 1950, 1957-yillari, uning toʻliq nusxasi esa rus tilida 1989-yili bosilib chiqdi. Ulardan tashqari, shoirning uch toʻplami (1, 2, 3 tomksri) 1958, 1967, 1972-yillari bosildi. A. Dabilov "Mehnatda botirligi" va "Miynette ayriqchaligi uchun" ordeni va medallari bilan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Joqorgʻi kenʼesi va Prezidiumining hurmat yorliqlari bilan taqdirlandi.

Abbaz Dabilov

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir