Abbreviatura (ital. abbreviature — qisqartma <lot. abbrevio – qisqartiraman) – 1) lingvistikada: soʻz birikmalarini qisqartirib hosil qilingan soʻzlar: a) birikma tarkibidagi soʻzlar birinchi harflari alifbo tar-tibida oʻqiladi yoki oddiy soʻz – harflar anglatgan tovushlar kabi talaffuz eti-ladi. Mas, BMT (be-me-te) – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi); b) murakkab qisqartma soʻzlar: soʻz birikmalari tar-kibidagi soʻzlar birinchi harflaridan tashqari, ular ma’lum qismlari (mor-femalari) olinib yasaladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi, yurfak (yuridik fakultet); 2) musiqada: nota yozuvida qisqartirish va soddalashtirish belgisi. Kuy qismlarining takrorlani-shida, juda baland yoki past tovushlarni bir oktava baland yoki past qilib shart-li notalashtirishda, nota chiziqlaridan soʻng qoʻshimcha chiziqlarni kamaytirish-da qoʻllaniladigan belgilar. A. par-titurada kuyga qochirim berishni ham ifodalaydi. A. yordamida asarning nis-batan mustaqil, tugal qismi yoki qoʻshiq bandi takrori, ayrim takt yoki kuy tu-zilmalari takrori beriladi. A. koʻp qoʻshimcha chiziqlardan xalos qilib, nota oʻqilishini osonlashtiradi. Musiqa bez-aklarini ifodalashda keng qoʻllaniladi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil