Abigel Daniella Fillip — amerikalik jurnalist, siyosiy muxbir va CNN kanalida hafta oxirida efirga uzariladigan koʻrsatuvlarda boshlovchi boʻlib ishlaydi.[2]U ilgari Washington Post, ABC News va Politico gazetalarida ishlagan.

Abigail Phillip
Tavalludi 25-noyabr 1988-yil (1988-11-25) (35 yosh)[1]
Virginia, U.S.
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Bowie Yuqori Maktabi Maryland, Garvard Universtiteti,
Kasbi Jurnalist
Turmush oʻrtogʻi Markus Richerdson 2018-yilda turmush qurishgan
Bolalari 1

Bolalik va taʼlim tahrir

Abigel Filipp 1988 yil 25-noyabrda Virjiniyada asli afro-Trinidadlik boʻlgan Jyun va Karlos Filliplar oilasida tugʻilgan. [3] Otasi Jyun Fillip rieltor, onasi Karlos Fillip esa oʻqituvchi va pedogogik psixolog boʻlib ishlagan. Uning beshta ukasi bor.

U bolaligida oila qisqa muddatga Trinidad va Tobagoga koʻchib oʻtdi va toʻqqiz yoshida AQShga qaytib keldi. [4] Abby Filipp Merilend shtatining Bowi shahrida katta boʻlgan va Bowie yuqori maktabida oʻqigan . [5][6] Dastlab tibbiyot sohasida oʻqishni xohlaganiga qaramasdan,[7]2010-yilda u Garvard universitetini davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni tugatdi, [8] Garvardda Abby Fillip The Garvard Crimson talabalar gazetasida maqolalar yozar edi.[9]

Karyera tahrir

Abby Filipp 2017-yilda CNN telekanaliga keldi va Tramp maʼmuriyatini yorita boshladi. [7] [10][11] CNNdan oldin u The Washington Post gazetasida ishlagan, u yerda asosan milliy siyosiy hisobotlar va umumiy topshiriqlar bilan shugʻillanar edi. [3] [12] U shuningdek, ABC News telekanalida ishlagan, u yerda Nyu-York shahridagi ABC News xodimi va raqamli muxbir boʻlgan va bir necha marta C-SPAN dasturida mehmon sifatida qatnashgan.. [13] Fillip oʻzining jurnalistik faoliyatini Oq uy muxbiri va Politico nashri uchun blogger sifatida boshlagan va saylov kampaniyasini moliyalashtirish va lobbichilik masalalarini yoritgan. [14][15] U vaqti-vaqti bilan PBS telekanalidagi "Washington Week" dasturida Robert Kosta bilan boshlovchilik qiladi . [16]

Abby Filipp 2020-yil 14-yanvarda Dreyk universitetida Demokratik partiya prezidentlik praymerizlarining yettinchi demokratik debatiga moderatorlik qildi. [17][18][19] U baʼzi odamlar tomonidan munozarani boshqarishda Berni Sandersga nisbatan adolatsiz munosabatda boʻlganligi uchun tanqid qilindi. [20][21][22]

2020 yilda u muhtaram Jessi Jeksonning 1988 yilgi Demokratik prezidentlikka nomzod boʻlish uchun kurashi haqida yozayotgan[23][24]The Dream Deferred kitobi uchun Flatiron Books bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga koʻra kitob 2022-yilda ommaga taqdim etilishi rejalashtirilgan. [25]

2021-yil 11-yanvarda Abby Fillip Inside Politics siyosiy tok-shouning yakshanba kuni ertalabki versiyasida Jon King o‘rniga 24-yanvaridan boshlab yangi boshlovchi sifatida ishtirok etishi eʼlon qilindi. (Jon King hafta kunlarida tok-shouni olib borishda davom etdi.) Dam olish kunlarida esa koʻrsatuv "Inside Politics Sunday With Abby Phillip " (Yaʼni Siyosat ichkarisi, Abby Fillip bilan) deb oʻzgartirildi. [26]

Shaxsiy hayot tahrir

Abby Filipp Vashingtonda eri Markus Richardson bilan yashaydi. Filipp va Richardson 2018-yilning may oyida Lars Anderson uyida turmush qurishdi [2] Er-xotin 2021 yilda birinchi farzandlarini kutayotganliklarini eʼlon qilishdi [27] Abby Fillip Delta Sigma Theta ayollar jamiyatining faxriy aʼzosi. 

Manbalar: tahrir

  1. „32 • What a year this has been!!“. Instagram. 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Abigail Phillip, Marcus Richardson“ (en-US). The New York Times (2018-yil 27-may).
  3. 3,0 3,1 „CNN Profiles - Abby Phillip - White House Correspondent - CNN“. CNN.
  4. Rosman, Katherine. „Abby Phillip Is Next-Gen CNN“ (en-US). The New York Times (2020-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
  5. „Wonderful News from a Bowie Alum“. Bowie Bulldog Athletics. Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
  6. „Scholars of the Week 2005-2006“. Scholars of the Week 2005-2006. Prince Georges County Public Schools. Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 Montgomery, Mimi. „Where Does Abby Phillip Go From Here?“. Washingtonian (2021-yil 8-fevral). 2021-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Ariens. „Abby Phillip Joins CNN White House Team“. www.adweek.com (2017-yil 10-oktyabr).
  9. „Abby D. Phillip - Writer Profile - The Harvard Crimson“. www.thecrimson.com.
  10. „CNN Profiles - Abby Phillip - White House Correspondent“. CNN. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  11. „Abigail Phillip, Marcus Richardson“. The New York Times (2018-yil 27-may).
  12. „Abby Phillips transitions from CNN analyst to CNN correspondent“ (2017-yil 11-oktyabr).
  13. „Abby Phillip - C-SPAN.org“. www.c-span.org.
  14. „Abby Phillip“ (2016-yil 12-may). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  15. „Happy and fulfilled, Abby Phillip found her calling“. rollingout.com.
  16. „PBS profile for Abby Phillip“. 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  17. Glueck, Katie; Epstein, Reid J.. „Live Updates Ahead of Tonight's Democratic Debate“ (en-US). The New York Times (2020-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  18. Zhou. „Journalists from CNN and the Des Moines Register will moderate the January debate“ (en). Vox (2020-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  19. Tracy, Marc. „The Iowa Reporter in the Middle of the 2020 Action“ (en-US). The New York Times (2020-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  20. „CNN moderator criticized for question to Sanders“. The Hill (2020-yil 13-yanvar).
  21. Taibbi. „CNN's Debate Performance Was Villainous and Shameful“. Rolling Stone (2020-yil 15-yanvar).
  22. „Trump accuser's media blitz“. Fox News (2020-yil 19-yanvar).
  23. „Remembering Feminist Press founder Florence Howe; Abby Phillip sells book on Jesse Jackson’s presidential run“ (en-US). www.bookforum.com. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  24. Deahl. „Book Deals: Week of September 14, 2020“. Publishers Weekly (2020-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  25. „Living the Dream: Abby Phillip“. BET.com. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  26. Curto. „CNN’s Abby Phillip Is Getting Her Own Show“. Vulture (2021-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
  27. „CNN's Abby Phillip Is Pregnant, Expecting First Baby with Husband Marcus Richardson“ (en). People.com (2021-yil 22-mart). 2021-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar tahrir