Abdenboev Yashim
Yashim (Ashim) Abdenboev (1917-yil) – Sovet chorvadori, Qozogʻiston SSR Jambul viloyati Talas tumanidagi „Jardamshi“ kolxozining katta choʻponi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949).
Yashim Abdenboev | |
---|---|
Tavalludi |
1917-yil Jambil viloyati, Talas tumani, Aulieatin qishlogʻi |
Kasbi | Cho'pon |
Biografiya
1917-yilda Turkiston viloyati, hozirgi Qozogʻistonning Jambil viloyati Talas tumani hududidagi Aulieatin qishlogʻida tugʻilgan. 1936-yildan – 1939-yil yanvar oyida Qizil Armiya safiga chaqirilgunga qadar mahalliy kolxozda choʻpon boʻlib ishlagan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, „Jasorat uchun“ medali sohibi boʻlgan. 1945-yil sentabr oyida demobilizatsiyadan soʻng vataniga qaytib, Talas tumanidagi Jardamshi kolxozida katta choʻpon boʻlib ishlagan. 1948-yilgi mehnat natijalariga koʻra, 400 bosh semiz dumli qoʻydan, 100 – 120 bosh qoʻzi olish hamda, qoʻzilarning oʻrtacha tirik vazni 41 kilogrammgacha yetgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949-yil 12-iyuldagi farmoni bilan 1948-yilda chorvachilikning yuqori mahsuldorligiga erishgani uchun Abdenbayev Yashim Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali hamda, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1]. Keyingi yillarda ham qoʻychilikda yuqori natijalarni koʻrsatib, qoʻylar sonini yildan-yilga koʻpaytirdi. Shundan soʻng „Jardamshi“ kolxozi „Boʻstandiq“ sovxoziga aylantirilgach, 1965-yilda oʻziga tegishli har 100 ta qoʻydan 138 ta, 1966-yilda 140 ta, 1967-yilda esa 145 tagacha qoʻzi olgan[2]. Yozuvchilar uyushmasi majlisida Dudintsevga qattiq hujum qilishadi va uchrashuv chogʻida hushidan ketadi[2]. Abdenboev Yashim Talas viloyatidagi „Boʻstandiq“ sovxozida yashagan.
Manbalar
tahrir- ↑ Vedomosti VS SSSR|Nazvanie=O prisvoenii zvaniya Geroya Sotsialisticheskogo Truda peredovikam selskogo xozyaystva Djambulskoy oblasti|ot=12 iyulya 1949 g.|data=24.07.1949|№=36 |№ 2=583|str.=2
- ↑ 2,0 2,1 Encyclopedia of Soviet Writers, sovlit.net, qaraldi: 9 September 2009
Adabiyotlar
tahrirSotsialistik Mehnat Qahramonlari – qozogʻistonliklar. T.2 – Olma-Ota, 1969 yil.
Havolalar
tahrir- Jambil viloyati Sotsialistik Mehnat Qahramonlari