Jambul viloyati — Qozogʻiston Respublikasi janubidagi viloyat. 1939-yil 14-oktabrda tashkil etilgan. Qozoq xalq oqini Jambul nomiga qoʻyilgan. Maydoni 144,3 ming km2. Almati, Janubiy Qozogʻiston, Qaragʻandi viloyatlari va Qirgʻizistonning Talas, Chuy viloyatlari bilan chegaradosh. Aholisi 1,072,862 kishi (2013), asosan qozoqlar, shuningdek, oʻzbeklar, ruslar, olmonlar, ukrainlar, tatarlar, dunganlar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi — Taraz shahri.

Jambul viloyati
Жамбыл облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Taraz
Asos solingan sanasi 1939-yil
Akim Koʻkrekbayev Karim
Aholi (2014)
1,084,482 (2014)[1]
(6,7 % ,  (6-oʻrin)
Zichligi 7,32 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar 69,23 %
ruslar 13,59 %
dunganlar 4,06 %
turklar 2,81 %
oʻzbeklar 2,39 %
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 144 264 km² (5,3 %, 10-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7262 xx-xx-xx
Pochta indeksi 08 xxxx
Avtomobil raqami kodi H, 08
Rasmiy sayti http://www.zhambyl.kz
Xaritada
Jambul viloyati xaritada
44°0′0″N 72°0′0″E / 44.00000°N 72.00000°E / 44.00000; 72.00000

Tabiati

tahrir
 
Chuning koʻrinishi (poezddan rasmga olingan)

Viloyat hududi asosan tekislik. Shimoliy qismini (viloyat hududining uzunligi) Betpaqdala choʻli egallagan. Chu daryosi vodiysidan janubida Moʻyinqum choʻli joylashgan. Viloyat janubi-gʻarbida Qoratov tizmasi (1600 m), sharq va janubi-sharqida Jeltov va Aytov togʻlari (1506 m), janubida Qirgʻiziston tizmasining shimoliy yon bagʻri (4000 m gacha) bor. Shimoliy qismida iqlim keskin kontinental (yanvarning oʻrtacha harorati —10 °C dan — 14 °C gacha, iyulning oʻrtacha harorati 25—27 °C). Yiliga 100–200 mm yogʻin yogʻadi. Togʻ oldi qismlarida iqlim yumshoqroq (oʻrtacha harorat yanvarda —5° dan —8° gacha, iyulda 20—22°). Yiliga 350 mm, togʻlarda 500–600 mm dan 700–900 mm gacha yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200— 225 kun. Asosiy daryolari: Chu, Talas, Assa. Yirik koʻllari: Balxash (janubi-gʻarbiy qismi), Biyli koʻli, Oqkoʻl. Tekislik va yon bagʻirlardagi surqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi; baʼzan taqir va shoʻrxoklar uchraydi. Qumlarda saksovul, 800–1500 m balandliklardagi boʻz tuproqlarda shuvoq-boshoqlilar va chalov-betaga, 1500– 1700 m dan 2000 m gacha balandliklardagi kashtan tuproqlarda togʻ teragi va tyanshan qoraqaragʻayi oʻsadi. 2100 m dan balandda subalp va alp oʻtloqlari bor. Choʻllarda qum yumronqozigʻi, qoʻshoyoq, jayran, yelik, saygʻoq; togʻlarda togʻ echkisi, arhar; yirtqichlardan boʻri, tulki, boʻrsiq; sudraluvchilardan ilon, toshbaqa, kaltakesak; umurtqasizlardan biy, qoraqurt, chayon; koʻl va daryolarda okun (olabugʻa), marinka (qorabaliq), sazan, sudak (oq marka), leshch (toʻrta) kabi baliqlar bor[2].

Aholisi

tahrir

2011-yilning 1-yanvarida aholisi 1043,6 mln. kishini tashkil qildi. Jambul viloyati koʻp millatli hisoblanadi, 90 ortiq millat vakillari istiqomat qilishadi.

Viloyatning milliy tarkibi:[3][4]
Aholi soni
1989 yili
% Aholi soni
1999 yili
% Aholi soni
2010 yili
%
umumiy 1038667 100,00 % 988840 100,00 % 1043843 100,00 %
Qozoqlar 507302 48,84 % 640346 64,76 % 722627 69,23 %
Ruslar 275424 26,52 % 179258 18,13 % 141829 13,59 %
Dunganlar 23555 2,27 % 30333 3,07 % 42404 4,06 %
Turklar 17145 1,65 % 24823 2,51 % 29354 2,81 %
Oʻzbeklar 21512 2,07 % 22501 2,28 % 24986 2,39 %
Kurdlar 8796 0,85 % 10855 1,10 % 13220 1,27 %
Koreyslar 13360 1,29 % 14000 1,42 % 12452 1,19 %
Ozarbayjonlar 11653 1,12 % 10593 1,07 % 12185 1,17 %
Tatarlar 16618 1,60 % 12576 1,27 % 10651 1,02 %
Qirgʻizlar 5279 0,51 % 4966 0,50 % 7752 0,74 %
Olmonlar 70150 6,75 % 11394 1,15 % 6695 0,64 %
Ukrainlar 33903 3,26 % 10013 1,01 % 3888 0,37 %
Uygʻurlar 2805 0,27 % 2569 0,26 % 2783 0,27 %
Chechenlar 881 0,08 % 2438 0,25 % 2548 0,24 %
Yunonlar 9273 0,89 % 2024 0,20 % 1637 0,16 %
Beloruslar 3986 0,38 % 1481 0,15 % 870 0,08 %
boshqalar 17025 1,64 % 8670 0,83 % 7962 0,76 %

Hududiy boʻlinishi

tahrir
 
 
Viloyat markazi Taraz

Sanoati

tahrir

Jambul viloyatida obikor dehqonchilik va yaylov chorvachiligi bilan birga har xil sanoat tarmoqlari rivojlangan. Fosforit kon-kimyo kombinati (Qoratovda), Tarazda super-fosfat, xrom, rezina buyumlari zavodlari, charm poyabzal korxonasi, jun, tikuvchilik, attorlik fabrikalari (Tarazda), sut va pishloq zavodlari (Taraz, Qoratov, Chu va tuman markazlarida) bor. Metallsozlik — ehtiyot qismlar, kommunal asbob-uskunalar, agregat tuzatish, texnologik metall konstruksiyalari, tuzatish-mexanika (Taraz, Chu, Lugovayada), avtomobil remonti (Granitogorsqsa) zavodlaridan iborat. Gʻisht, gips, koʻprik va temirbeton buyumlari, uysozlik zavodlari, qurilish detallari va konstruksiyalari kombinatlari, mebel fabrikasi (Tarazda), qurilish materiallari kombinatlari (Taraz, Qoratov) bor.

Qishloq xoʻjaligi

tahrir

Qishloq xoʻjaligida chorvachilik hamda dehqonchilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Donli ekinlar, texnika ekinlari (shu jumladan qand lavlagi), sabzavot-poliz va kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda asosan mayin junli va yarim mayin junli hamda qorakoʻl qoʻylari boqiladi.

Ijtimoiy soha

tahrir

Jambul viloyati hududidan Taraz— Qoratov—Janatas, Lugovaya—Bishkek, Chu—Moʻyinti temir yoʻl tarmoqlari oʻtgan. Avtomobil yoʻlining asosiy avtomagistrali Toshkent Bishkek — Olmaota. Havo yoʻllari Tarazni Moskva, Olmaota va boshqa shaharlar, viloyatning tumanlari bilan bogʻlaydi. 3 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, 2 drama teatri bor.[5]

Iqtisodi

tahrir

Viloyatning yalpi ichki mahsuloti:

  • 23,8 % — korxona
  • 20,2 % — qishloq xoʻjaligi
  • 16,6 % — avtomabil va aloqa
  • 6,5 % — qurulish mahsuloti
  • 9,2 % — savdo
  • 23,7 % — boshqa sohalar

Manbalar

tahrir
  1. „Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на начало 2014 года“. 2015-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-fevral.
  2. Viloyat xaqida axborot Jambul viloyatining rasmiy saytidan
  3. QR statistika agenttіgі. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): QR jәne oblis xalqiniң ұlttiq qұrami (1 tom) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  4. 1 qaңtar 2010 j oblis, audan, qala men auil xalqiniң kөbeyu kөrsetkіshі, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-28
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir