Bayzaq tumaniJambul viloyatining janubiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 4,500 km2. Aholisi 94,7 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 21 kishidan toʻgʻri keladi (2014). Tuman markazi — Sarikemer qishlogʻi.

Bayzaq tumani
qozoqcha: Байзақ ауданы
tuman
Tarkibida Jambul viloyati
Maʼmuriy markazi Sarikemer
Asos solingan sanasi 14-fevral 1938-yil
Aholi (2014) 94,755 (2014)[1]
Zichligi 21 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 84,5%
Turklar - 8,6%
Ruslar - 2,4%
Kurdlar - 1,0%
boshqalar -3,5%
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 4 500 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72637 xxxxx [2]
Pochta indeksi 0801xx [3]
Avtomobil raqami kodi H, 08
Xaritada
Bayzaq tumani xaritada
43°0′48″N 71°30′36″E / 43.01333°N 71.51000°E / 43.01333; 71.51000

Aholisi

tahrir

2014-yilgi statistika boʻyicha tuman aholisi 94,7 ming kishini tashkil qildi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 21 kishidan toʻgʻri keladi (2014).

Miliiy tarkibi

tahrir

Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, tuman aholisining yarmidan ziyodini qozoqlar tashkil qiladi. Bayzaq tumanining milliy tarkibi quyidagicha (2014):

1938-yil 14-fevralda Sverdlov nomi bilan tashkil topdi. 1995-yilda tuman nomi Bayzaqqa oʻzgartirildi.

Iqlimi

tahrir

Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –6°С –9°С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 23°С-26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150–300 mm.

Ijtimoiy soha

tahrir

Bayzaq tumanida umumiy bilim beruvchi 43 ta maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, 16 ta madaniyat uylari va klublar, 20 ta kutubxona, stadion, 2 ta kasalxona, shifoxona va boshqalar faoliyat yuritmoqda[4].

Manbalar

tahrir