Abdinazar Nurmanov
Abdinazar Tashbayevich Nurmanov (1962-yil 20-yanvar, Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.
Abdinazar Nurmanov | |
---|---|
Tavalludi |
20-yanvar 1962-yil Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Jizzax davlat pedagogika universiteti |
Taʼlimi | Kursk davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirAbdinazar Nurmanov 1962-yil 20-yanvarda Forish tumani Gʻoʻrob qishlogʻida tugʻilgan. 1984-yilda Kursk davlat pedagogika institutini rus tili va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[1]. Mehnat faoliyatini 1984-yildan Forish tumanidagi 75-oʻrta maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi lavozimidan boshlagan. 1987-yildan boshlab Jizzax davlat pedagogika institutida Rus tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, 1989-yilda stajyor-tadqiqotchi, 1990—1993-yillarda Moskva pedagogika davlat universiteti Rus tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi aspiranti, 1993—2005-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti Rus tili va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsenti, ilmiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida ishlagan[1]. 2005—2007-yillarda Mintaqaviy tillar markazi direktori, Jizzax davlat pedagogika instituti tayyorlov boʻlimi boshligʻi, 2007—2008-yillar Oʻzbek filologiyasi fakulteti, 2009—2013-yillar Xorijiy tillar fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2014—2017-yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti katta ilmiy xodimi, Rus tili va metodika kafedrasi dotsenti, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi, Magistratura boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Jizzax davlat pedagogika instituti Rus tili va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda[1].
Oilasi
tahrirOilali, 4 nafar farzandi bor.[1]
Ilmiy faoliyati
tahrir1993-yilda Moskva davlat pedagogika universitetida „Funksionalniy podxod k izucheniyu glagolov dvijeniya russkogo yazika v natsionalnoy (uzbekskoy) shkole“ mavzusida rus tilini oʻqitish metodikasi ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2017-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetida „Pedagogicheskie vozmojnosti podgotovki studentov k texnologii i texnike effektivnogo obщeniya (na primere vneauditornix zanyatiy)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 150 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar, 2 ta darslik, 5 ta monografiya, 6 ta uslubiy qoʻllanma, 5 ta oʻquv qoʻllanma muallifi[1].