Abdiy Mirabdullaxoʻja

Shoir va tazkiranavis

Abdiy Mirabdullaxoʻja (1870-yil Buxoro – 1922-yil) – shoir va tazkiranavis. Abdiyning ayrim zamondoshlariga bagʻishlangan qasida va gʻazallaridan namunalar Afzal Primastiyning („Afzal ut-tazkor“ (1904) va Neʼmatulla Muhtaram („Tazkirat ush-shuaro“, 1910) tazkiralarida uchraydi. „Tazkirai Abdiy“ (yoki „Tazkirat ush-shuaroi mutaaxxirini Buxoro“, „Tazkirat ush-shuaro“, 1904) tazkirasida Amir Abdulahad davrida yashab ijod etgan 118 shoir haqida biografik maʼlumot va asarlaridan namunalar berilgan. Tazkira muqaddima va 28 maqsad (bob) dan iborat. Muqaddimada sheʼr va shoirlik haqida fikr yuritiladi. Muallif shoirlarni oddiy, kamtar boʻlishga, yengil obroʻ va boylik izidan quvmaslikka undaydi. Boblarda shoirlar ijodiga baho berilgan. Asar XIX arsning oxiri – XX asrning boshi Turkiston adabiy harakatchiligini, xususan, oʻzbek-tojik adabiy aloqalarini oʻrganishda muhim manbalardandir. Jumladan, tazkirada Ahmad Donish, Vozeh, Shohin, Sadriddin Ayniy, Toshxoʻja Asiriy kabilar haqida qimmatli maʼlumotlar bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir