Abdon al-Ahvoziy

Abdon al-Ahvoziy hadis hofizi

Abdon al-Ahvoziy (arabcha: عبدان الأهوازي – Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad ibn Muso al-Ahvoziy al-Javoliqiy) – hadis hofizi.

Abdon al-Ahvoziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 918-yil (hijriy 306-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi

Hayoti

tahrir

Asosan, Abdon laqabi bilan tanilgan Abdulloh ibn Ahmad manbalarda al-Javoliqiy (arabcha „qop toʻquvchi“ yoki „qop sotuvchi“) laqabi hamda al-Qoziy unvoni bilan zikr etilgan. Ahvoz hududi tevaragida harbiy qarorgoh tarzida qurilgan, hozirda faqat qoldiqlarigina qolgan Askar Mukramda yashagani uchun al-Ahvoziy, baʼzida esa, al-Askariy deb nisbatlangan.

Abdon al-Ahvoziy Hijoz, Shom, Misr va Iroq ilm markazlarini kezib, Abu Shayba, Usmon ibn Abu Shayba, Xalifa ibn Xayyot va Bundor singari zamonasining mashhur muhaddislaridan hadis oʻrgangan. Oʻz navbatida, olimdan Ibn Qoni’, at-Tabaroniy, Abu Bakr al-Ismoiliy, Hamza al-Kinoniylar hadis rivoyat qilganlar. Abdon al-Ahvoziydan tahsil olgan Abu Ali an-Naysoburiy uning yuz mingta hadisni yoddan bilgani va ustozlari ichida u kabi koʻp hadis yod olgan boshqa muhaddisni koʻrmaganini aytgan. „Oliy isnod“ga erishish uchun harakat qilib Basraga tobeʼinlardan boʻlgan Ayyub as-Saxtiyoniyning yoniga oʻn sakkiz marta borgan.

Abu Xotim al-Bustiy uning hadis rivoyati xususida hassos, oʻta ehtiyotkor boʻlganini aytgan.

Abdon al-Ahvoziyning hadis rivoyat qilishda baʼzida xato qilgani, chalkashgani zikr qilinadi. Biroq az-Zahabiy uni saduq, hadis hofizi, hujjat ekanini va juda kam yanglishganini taʼkidlagan. Abdon al-Ahvoziy (hijriy 306, milodiy 918-yil) taxminan toʻqson yoshda vafot etgan.

Asarlari

tahrir

Shuningdek, uning turli asarlari borligi, shulardan uchta juzi oʻziga oliy isnod bilan yetib kelganini xabar bergan. Al-Kattoniy esa, uning hadislarni jamlagan "Favāid" nomli asari borligini aytgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Al-Xatib. Tarӣx Bagʻdād. – Qohira: 1349/ 1931. IX, 378-379;
  • Ibn Asokir. Tarӣx Dimashq. – Damashq: 1402/1982. III, 345-353;
  • Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. – Haydarobod: 1375-77/1955-58. II, 688;
  • Az-Zazabiy. Siyar. XIV, 168-173;
  • As-Suyutiy. Tabaqāt al-huffāz. – Qohira: 1393/1973. 299;
  • Kattoniy. Ar-Risāla al-mustatrafa. – Damashq: 1383/1964. 96-97;
  • M. Yaşar Kandemir. „Abdân el-Ahvâzî“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 66-67.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.