Abdugʻani Karimov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abdugʻani Nabiyevich Karimov (1954.24.4, Toshkent) — naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (2005). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1973) va Toshkent pedagogika institutini (1979) tugatgan. Oʻrta maktabda oʻqituvchi (1979—83), "Rassom" kombinatida bezakchi rassom (1984—92), "Us go" birlashmasida naq-qoshlik brigadasi boshligi (1992—94). "Turkiston" konsert zali (1994), temuriylar tarixi davlat muzsyi (1996), Oliy Majlis binosi (1997), Oqsaroy (1999), Hindistondagi Oʻzbekiston elchixonasi (2000), Oʻzbekiston milliy teatri (2001), Toshkentdagi "Shahidlar xotirasi" muzeyi va boshqa yirik inshootlarning badiiy bezagini ishlashda ishtirok etgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |