Abdurayim Abdugʻafurov (1867 — Toshkent — 1950) — xalq ustasi, Toshkent badiiy chitgarlik maktabining namoyandasi. Birinchi boʻlib mato (boʻz)ga gul bosishda roʻyan oʻrniga alizarin ish-latdi. Buxoro va Qoʻqon ustalaridan yangi rasmlarning qoliplarini, yangi bezak va mujassamotlarni keltirib, mahalliy chitgarlikka ijodiy singdirdi. Abdugʻafurov oʻz asarlari bilan Oʻzbekistonda oʻtkazilgan bir necha koʻrgazmalarda qatnashdi. 1935-yildan Toshkent badiiy oʻquv ishlab chiqarish kombi-natida daryo bergan. 1937-yilda Parijda oʻtkazilgan Xalqaro koʻrgazmada Abdugʻafurovning asarlari yuqori baholandi. 30-yillar oxi-ri — 40-yillar boshlarida Moskva, Ivanovo, Serpuxov toʻqimachilik korxonalari uchun chit, satinga bosiladigan gul-qolip namunalarini tayyorlab bergan. 1940-yilda Abdugʻafurov rassom V. Krinitskiy bilan hamkorlikda qoliplar uchun 11 ta "Paxta nusxa" eskizlar yaratdi. Bu nusxalarda gʻoʻza bargidan tortib ochilgan chanoqqacha boʻlgan jarayonlar oʻsimliksimon milliy naqshlar negizida oʻz ifodasini topgan. Abdugʻafurov bezagan dasturxon, kir-pech, choyshab va boshqa buyumlar (respublika muzeylarida saqlanmoqda) gullarining yorqinligi, ranglarining uygʻunligi, mujassamoti bilan diqqatni tortadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil