Abduhafizboy madrasasi
Abduhafizboy madrasasi (Abdulhafizboy madrasasi, Hotam Hindu madrasasi, Hotam Xundi madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Madrasa | |
Abduhafizboy madrasasi
Abdulhafizboy madrasasi Hotam Hindu madrasasi Hotam Xundi madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Hamid Olimjon MFY, Soʻzangaron koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Abdumajid oʻgʻli Abduhafiz Buxoriy |
Homiylar | Abdumajid oʻgʻli Abduhafiz Buxoriy |
Asosiy sana: 1910-yil
| |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Ayanchli ahvolga kelib qolgan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Madrasa tarixiy hamda vaqf hujjatlarida Abduhafizboy[2] (Abdulhafizboy[3]) deb nomlangan. Hozirda esa, davlatning rasmiy hujjatlarida Hotam Hindu[1] yoki Hotam Xundi[4] nomlari ostida roʻyxatga olingan.
Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar ayanchli ahvolda qolib ketgan.
Tarixi
tahrirMadrasa 1910-yilda Buxoro amirligi poytaxtining Soʻzangaron guzarida, oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida Abdumajid oʻgʻli Abduhafiz Buxoriy mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[3].
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2013-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, tozalash, konstruktiv mustahkamlash, tiklash, restavratsiyalash va konservatsiyalash ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 30 million soʻm mablagʻ ajratilganligiga qaramay[4], hozirda inshoot holati ayanchli ahvolda qolib ketgan.
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[1].
2020-yil maʼlumotlariga koʻra, madrasaning butligini saqlash, uning holatini yaxshilash, restavratsiya qilish hamda sayyohlar uchun jozibador obyektga aylantirish boʻyicha investor tomonidan loyiha taqdim etilgan. Madrasaning negizida turistik xizmat koʻrsatish obʼekti tashkil etish boʻyicha dastlabki loyiha tayyorlanib, Oʻzbekiston Madaniy meros departamenti huzuridagi ilmiy-ekspert Kengashiga taqdim etilgan[5].
Buxoro shahridagi Hamid Olimjon MFYga qarashli Soʻzangaron nomli koʻchada joylashgan[1].
Meʼmorchiligi
tahrirTashqi tasvir | |
---|---|
Madrasaning hozirgi holati |
Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ Jumanazar 2017.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Медресе Абдулхафизбой.“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 „Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года“. Nrm.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Buxorodagi 16 ta madaniy meros obyektini jozibador maskanga aylantirish uchun investorlar tomonidan qancha sarmoya kiritilmoqda?“. Xs.uz. 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
Havolalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Jumanazar A.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.