Abduhamidullo Rasulov
Abduhamidullo Rasulov (1976-yil 10-yanvar, Toshkent) – oʻzbekistonlik sobiq futbol hakami. Abduhamidullo ikkita jahon chempionatida qanot hakami sifatida ishlagan, Osiyoning ikki karra eng yaxshi laynsmeni (2011, 2012) sifatida tanilgan[1].
Abduhamidullo Rasulov | |
---|---|
Abduhamidullo Rasulov | |
Tavalludi |
10-yanvar 1976-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Futbol Hakami |
Faoliyat yillari | 2003—2022 |
Mukofotlari |
Faoliyati
tahrirAbduhamidullo Rasulov 1976-yil 10-yanvarda Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan.
2000-yillarning boshidan u futbol uchrashuvlarida hakamlik qilishni boshlagan. 2005-yildan boshlab xalqaro darajadagi oʻyinlarda bosh hakam yordamchisi sifatida faoliyat olib bora boshlagan. 2011-yilda Ravshan Ermatov brigadasi bilan 2011-yilgi Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etgan. 2013-yilda xuddi shu jamoa bilan Konfederatsiyalar kubogi bahslarida hakamlik qilgan. 2014-yilning yozida ham Ravshan Ermatov brigadasi bilan Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining toʻrtta oʻyinida qatnashgan. 2015-yilda Abduhamidullo Rasulov Osiyo Kubogi-2015 hamda Osiyo Kubogi-2019 musobaqalarida bosh hakam yordamchilari roʻyxatiga kiritilgan edi. 2018-yilgi jahon chempionatida ham Ravshan Ermatov jamoasi azosi edi.
Yutuqlari
tahrirKetma-ket ikki marta, 2011 va 2012-yillarda Osiyoning eng yaxshi qanot hakami deb topildi[2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Abduxamidullo RASULOV“ (deadlink). fifa.com (2014-yil 12-mart). 2016-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-oktyabr.
- ↑ „AFC Assistant Referee of the Year (Men): Abdukhamidullo Rasulov (Uzbekistan)“ (deadlink). the-afc.com (2012-yil 29-noyabr). 2014-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-oktyabr.
- ↑ Abduxamidullo Rasulov vnov priznan luchshim lineynim arbitrom Azii[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
Havolalar
tahrirFIFA veb-saytidagi profil 2016-yil 31-mart kuni (Wayback Machine saytida 2016-03-31 sanasida arxivlangan)