Abdullaev Abduhoshim Abdullaevich (1950-yil) — sovet va oʻzbek davlat, jamoat, xoʻjalik arbobi.

Abduhoshim Abdullayev
 Farg'ona viloyati hokimi
Mansab davri
2006-yil – 2008-yilgacha
Oʻtmishdoshi Shermat Nurmatov
Vorisi Mamatisoq Gʻofurov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1950
Fargʻona viloyati
Maʼlumoti Oliy, Fargʻona politexnika instituti

Tarjimai hol tahrir

1950-yilda Fargʻona viloyatida (Oʻzbekiston SSR) tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Fargʻona politexnika institutini tamomlagan (1972), (1991).

Mehnat faoliyati tahrir

  • 1972—1976-yillarda Farg‘ona yog‘-moy kombinatida elektromontyor-ta’mirchisi, elektr jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha elektromontyor, Farg‘onaazot o‘g‘it zavodi elektr ta’minoti sexi sinov uchastka ustasi, Farg‘ona shahar konstruktorlik bo‘limi yangi ishlab chiqarish katta muhandisi lavozimlarida[1];
  • 1976—1981-yillarda Farg‘ona azotli o‘g‘itlar zavodi triatsetilsellyuloza ishlab chiqarish katta energetigi[2];
  • 1981—1983-yillarda Farg‘ona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi bosh energetikining issiqlik va suv ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari[1];
  • 1983—1992-yillarda Farg'ona shahar partiya organlarida ishlagan[2];
  • 1992—1995-yillarda - Farg‘ona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari[3];
  • 1995—2005-yillarda Farg‘ona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori[2];
  • 2005—2006-yillarda Marg‘ilon shahar hokimi[2];
  • 2006—2008-yillarda Farg‘ona viloyati hokimi[1];
  • 2008—2010-yillarda “Farg‘onaazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari[1];
  • 2010—2017-yillarda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari[1];
  • 2017—2019-yillarda “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi kabi lavozimlarda mehnat qilgan[3].

Abdullaev Abduhoshim Abdullaevich O'zbekiston mahalliy kimyo sanoatining yetakchi namoyandalaridan biridir. U ushbu sohadagi 40 yildan ortiq faoliyat davomida soha rivojiga ulkan hissa qo‘shdi, uni saqlab qolish va malakali kadrlar bilan to'ldirishga erishdi. Bugungi kunga qadar “Farg‘onaAzot” ishlab chiqarish birlashmasi postsovet hududidagi yetakchi hisoblanadi. U O‘zbekistonning xalq orasida eng obro‘li rahbarlaridan biri sanaladi.

Oʻtmishdoshi:
Shermat Nurmatov
 
Fargʻona viloyati hokimi

2004-yil 15-yanvar2004-yil 15-oktabr
Vorisi:
Mamatisoq Gʻofurov


Manbalar tahrir

Havolalar tahrir