Abdulaziz al-Astugʻdodiyziy
Hofiz ulamo
Abdulaziz al-Astug‘dodiyziy (Abu Muhammad) — Abdulaziz ibn Muhammad ibn Osim ibn Ramazon al-Astug‘dodiyziy yoki Naxshabiy nomi bilan mashhur bo‘lgan hofiz ulamolardan biridir. Hadislarning isnodlarini yaxshi bilgan va dastxati bilan ko‘p narsalar bitgan. Kam hadis aytgan. Uzoq vaqt Isfahonda yashagan. U Nasaf, Samarqand, Marv, Balx, Saraxs, Basra, Bag‘dod, Sheroz, Ramla, Baytu-l-muqaddas, Sur, Misr, Iskandariya va boshqa o‘lkalarda hadis tinglagan.
Abdulaziz al-Astugʻdodiyziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | hijriy 408-yil |
Vafoti |
hijriy 456 yoki 457-yil Naxshab shahri |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hofiz ulamo |
Hijriy 408-yilda tug‘ilgan. Hijriy 456 yoki 457-yilda Naxshabda vafot etgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 8-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |