Renessans olimlari qomusi

Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan diniy shaxslar haqidagi ensiklopediya

Renessans olimlari qomusiOʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 1 jildli diniy shaxslar haqidagi ensiklopediya. Kitob o‘zbek, ingliz va arab tillarida tayyorlangan. Unda Oʻrta Osiyodan chiqqan yoki faoliyati Oʻzbekiston tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan uch mingdan ortiq olimlar haqidagi qisqacha bio-bibliografik maʼlumotlar mavjud. Shaxslar xalqaro ko‘lamda eʼtirof etilgan arab, fors, turkiy va boshqa tillardagi manbalardan tanlab olingan. Ilmiy jamoatchilik hamda Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va ilm-faniga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

Renessans olimlari qomusi
Til oʻzbekcha, inglizcha va arabcha
Janr(lar)i ensiklopediya
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2021
Sahifalar soni 236
ISBN 978-9943-7557-7-2
Renessans olimlari qomusini CC BY 4.0 erkin litzensiyasi bilan tarqatish borasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Vikimedia Jamgʻarmasiga yozgan maktub

Kitob „Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi: Movarounnahrda diniy-maʼnaviy va ilmiy-madaniy markazlarning shakllanishi va rivojlanishi“ granti doirasida nashr etilgan. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya qilingan[1].

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. РЕНЕССАНС ОЛИМЛАРИ ҚОМУСИ (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021 — 236 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.