Oʻzbekiston tarixi

ozbekiston tarixi
 Oʻzbekiston Oʻzbekiston tarixi
Emblem of Uzbekistan.svg
Eramizdan oldin
Tarixiy Markaziy Osiyo
Andronovo madaniyati (e.a. XVIIIX)
Baqtriya-Margʻiyona arxeologik kompleksi (e.a. XXIIIXVIII)
Skiflar (saklar, massagetlar, dahlar) (e.a. XVIIIIV)
Xorazm (e.a. VIIIe.a. VI asr)
Sugʻdiyona (—e.a. VI asr)
Choch (—e.a. III asr)
Fargʻona (—e.a. VI asr)
Baqtriya (VIIIe.a. VI asr)
Margʻiyona (—e.a. VI asr)
Fors bosqini (e.a. 558330)
Ahamoniylar Ahamoniylar imperiyasi (558e.a. 330)
Yunon bosqini (e.a. 334125)
Aleksandr Makedonskiy imperiyasi (e.a. 334e.a. 146)
Salavkiylar davlati (312e.a. 64)
Yunon-Baqtriya podsholigi (e.a. 250125)
Turkiy davlatlar (e.a. II1055)
Hind-skif podsholigi (e.a. IIIV asrlar)
Qangʻ davlati (e.a. III asrV a.lar yarmi)
Davan (e.a. II asrI asr)
Parfiya podsholigi (e.a. 250224)
Bizning era
Kushon podsholigi (I — III aa.)
Xioniylar davlati (IV — V aa.)
Kidariylar davlati (IV — V aa.)
Eftaliylar davlati (IV — VI aa.)
24px Turk xoqonligi (552603)
Gʻarbiy xoqonlik (603698)
Turkash xoqonligi (698766)
Oʻgʻuz davlati (7501055)
Qarluq xoqonligi (766940)
Fors bosqini (224652)
Derafsh Kaviani flag of the late Sassanid Empire.svg Sosoniylar davlati (224652)
Islom bosqini (661750)
Umayyad Flag.svg Umaviylar xalifaligi (661750)
Abbosiylar xalifaligi (7501258)
Toxiriylar amirligi (821873)
Somoniylar amirligi (875999)
Turkiy davlatlar (10051221)
GhaznavidFlag attributed.svg Gʻaznaviylar davlati (9631187)
Qaraxanlı bayrağı.jpg Qoraxoniylar davlati (8401040)
Gʻarbiy Qoraxoniylar xonligi (10401212)
Flag of the Seljuk.png Saljuqiylar davlati (10371194)
Xorazmshohlar davlati (10771231)
Moʻgʻullar istilosi (11411269)
Qoraxitoylar davlati (11411212)
Flag of the Mongol Empire.svg Moʻgʻullar davlati (12061291)
Flag of the Chagatai Khanate.svg Chigʻatoy ulusi (12241340)
Flag of the Chagatai Khanate.svg Gʻarbiy Chigʻatoy ulusi (13401370)
Timurid.svg Amir Temur davlati va Temuriylar davlati (13701500)
War flag of Khanate of Bukhara.svg Buxoro xonligi (15001785)
Bandera de Khiva abans 1917.svg Xiva xonligi (15121920)
Moʻgʻuliya (15141679)
One of the 3 flags of the Kokand khanate.png Qoʻqon xonligi (17091876)
Toshkent davlati (17841809)
Flag of the Emirate of Bukhara.svg Buxoro amirligi (17851920)
Rossiya imperiyasi ekspansiyasi
(18531920)
Flag of the Turkestan (Kokand) Autonomy.svg Turkiston muxtoriyati (19171918)
Muvaqqat Fargʻona hukumati (19191920)
Sovet davri (19201991)
Turkiston ASSR bayrogʻi Turkiston ASSR (19181924)
Buxoro XSR bayrogʻi Buxoro XSR (19201924)
Xorasm XSR bayrogʻi Xorazm XSR (19201924)
Oʻzbek SSR bayrogʻi Oʻzbek SSR (19241991)
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi (1991-yildan)

«Oʻzbekiston» portali

Eneolit va bronza davriTahrirlash

Qadimgi BaqtriyaTahrirlash

Qaqdimgi XorazmTahrirlash

Aleksandrnning Oʻrta Osiyoga yurishiTahrirlash

Salavkiylar davlatiTahrirlash

Yunon-Baqtriya podsholigiTahrirlash

KangyuyTahrirlash

Kushonlar davlatiTahrirlash

Eftaliylar davlatiTahrirlash

Turk xoqonligiTahrirlash

SoʻgʻdTahrirlash

Arab istilosiTahrirlash

Somoniylar davlatiTahrirlash

Qoraxoniylar davlatiTahrirlash

Xorazmshoxlar davlatiTahrirlash

Moʻgʻullar istilosiTahrirlash

Amir Temur va Temuriylar davlatiTahrirlash

 
Temuriylar davlati bayrogʻi

1370-yilda Amir Temur markazi Samarqand shahrida boʻlgan mustaqil davlat yaratgani haqida eʼlon qiladi. U Oltin Oʻrda, Hindiston, Turkiyaga bir necha muvaffaqiyatli yurishlar qiladi.

Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan.

XII asr arab tarixchisi Usama ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115—1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi [1].

Tarixchi Rashid ad-dinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Ildegizidlar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210—1225) boʻlgan [2]

1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jalol ad-din qoʻshinlarining etakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi. [3]

Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan [4]

1360-yillarda, Dasht-i-Qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. 1360-yillarda „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dasht-i-Qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Buyk shoir Alisher Navoiy (1441—1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan.[5]

Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali, Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas.[6] Mazmuni: Shoh toj va xilʼatli men tomosha qilamanmi, menga boshiga qalpoq (doʻppi), egniga yaktak kiygan oʻzbegimning oʻzi boʻlsa bas.

Oʻzbek xonliklariTahrirlash

Buxoro xonligiTahrirlash

 
Buxoro xonligining bayrogʻi

1500-yilda Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi oʻrnatiladi. 1533 yilda davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga koʻchirilgandan soʻng mamlakat Buxoro xonligi nomi bilan mashhur boʻladi.

Xonlik tasarrufiga dastlab Movarounnahr, Janubiy Turkiston, Fargʻona va qisqa muddat Xorazm hududlari kiradi (Xorazmda 1511-yilda Xorazm Shayboniylari hukmronligi oʻrnatiladi).

Shayboniy hukmdorlarning eng yirik namoyondalari Shayboniyxon, Ubaydullaxon, va Abdullaxon II boʻlgan. Ular ichidan Abdullaxon II tarixga oʻzidan ulkan iz qoldirishga erishdi: oʻzining qirq yildan ortiq hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim markazlari, masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi, xonlikning markaziy shaharlarida xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi, dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan homiysi sifatida tarixga kirdi. Uning davrida Buxoro xonligining siyosiy mavqei ortgan.

Shayboniylar zamonida Buxoro xonligining Hindiston (Boburiylar), Turkiya (Usmonlilar), Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan va hattoki, Eron Safaviylariga qarshi, Usmonlilar bilan harbiy ittifoq oʻrnatilgan.

1599-yildan Buxoro xonligi boshqaruvi Shayboniylardan Ashtarxoniylar (Joniylar) qoʻliga oʻtadi. Ashtarxoniylarning eng yirik namoyondasi Imomqulixon boʻlgan.

1756-yildan Buxoro xonligi boshqaruvi toʻlaligicha Mangʻitlar sulolasining birinchi vakili boʻlgan va xon deb eʼlon qilingan Muhammad Rahimning qoʻliga oʻtadi. Muhammad Rahimxon oʻlimidan soʻng uning amakisi Doniyolbiy xon unvonini qaʼbul qilmaydi va soxta xonlarni taxtga koʻtarib davlatni ularning nomidan otaliq unvonida boshqaradi. Ushbu holat Shohmurodning amir deb eʼlon qilingani qadar davom etadi.

Buxoro amirligiTahrirlash

 
1920-yil 1-sentabrgacha boʻlgan Buxoro amirligining bayrogʻi

1785—1920-yillar oraligʻida davlat nomi Buxoro amirligi deb yuritilsada, yevropaliklar tomonidan, anʼanaviy ravishda, Buxoro xonligi deb ham atalishda davom etadi.

1785-yilda Shohmurod davlatni boshqarishda amir unvonini qaʼbul qiladi. U xalq orasida amiri maʼsum, yaʼni begunoh amir nomi bilan mashhur boʻladi. Shohmuroddan keyin davlatni boshqargan taniqli amirlar: Xaydar va Nasrullaxonlardir. Ulardan Nasrullaxon xalq orasida amiri qassob nomi bilan mashhur boʻlgan.

Amir Muzaffar hukmronligi davrida, aniqrogʻi 1868-yilda amirlikning shimolidagi hududlar, xususan Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari Rossiya imperyasi tomonidan egallab olinadi. 1873-yilda esa Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi ustidan oʻz protektoratini oʻrnatadi. U Xiva va Qoʻqon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga urinadi.

Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan amirlar Abdulahadxon va Olimxonlar davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda Mangʻitlar sulolasiga barham topadi va Buxoro amirligi tugatiladi.

Xiva xonligiTahrirlash

 
1917-yilgacha boʻlgan Xiva xonligining bayrogʻi

1511-yildan boshlab Xorazmda Arabshoxiylar (Xorazm Shayboniylari) hukmronligi oʻrnatiladi. Ushbu sulolaning eng yirik vakili Abulg'ozi Bahodirxon boʻlgan. Uning davrida markaziy hokimiyat mustahkamlandi va Xivaga mutlaq poytaxt maqomi berildi. Shundan keyin mamlakat yozma manbalarda Xiva xonligi nomi bilan zikr etiladi, ammo rasmiy hujjat va zarb qilingan tangalarda Xorazm nomi yoziladi.

1740-yilda Eron shoxi Nodirshox Xorazmga bostitrib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 18-asr oʻrtalaridagi xonlar goh Eron shoxlarining xohishi, goh Buxoro xonligi hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi Qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan tez-tez almashinib turgan.

1763-yildan boshlab Xorazm boshqaruvi Qoʻngʻirotlar sulolasi qoʻliga oʻtadi. Sulolaning ilk vakillari Muhammad Aminbiy va Avaz soxta xonlarni taxtga koʻtarib, ular nomidan davlatni inoq unvonida boshqarishadi. Faqatgina Eltuzar hukmronligi davridan boshlab sulola vakillari xon unvonini qabul qilishni boshlashadi. Qoʻgʻirotlarning alohida vakillari xorazmshox unvonini ham qaʼbul qilishgan.

Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. Muhammad Rahimxon II xonlikning soʻnggi mustaqil hukmdori hisoblanadi. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniny jihatdan oʻsishi koʻzga tashlansada, aynan shu davrda, yaʼni 1873 yilda xonlik hududining bir qismidan ayrildi va Rossiya imperiyasi protektoratiga aylandi.

Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan xonlar Muhammad Rahimxon II va Asfandiyorxon davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda Qoʻngirotlar sulolasi barham topadi va Xiva xonligi tugatiladi.

Qoʻqon xonligiTahrirlash

 
Qoʻqon muhtoriyatining bayrogʻi (1917-yil 12 dekabrdan 1918-yil 18 fevralga qadar)

Xonlikka 1709-yil Shohruxbiy tomonidan asos solingan deb hisoblanadi. U Minglar urugʻi vakili boʻlib, rivoyatlarga koʻra kelib chiqishi Oltin beshikka borib taqaladi.

Uning avlodlaridan biri Abduraim Diqantoʻda qishlogʻiga koʻchib oʻtdi va taxminan 1732-yil Qoʻqon shahriga asos soldi. Shahar avvaliga Eskiqoʻrgʻon, keyinchalik Qalʼai Raimboy deb nomlangan. Abduraim Buxorodagi ichki nizolardan foydalanib, u yerga hujum uyushtiradi, Samarqandga qarovchi baʼzi qishloqlarni, Kattaqoʻrgʻonni egallab, Shahrisabzgacha boradi, lekin, u yerning hokimi bilan sulh tuzadi va hokimning jiyaniga uylanib Xoʻjandga qaytadi, oxir-oqibatda taxm 1740-yilda oʻz qoʻl ostidagilardan biri tomonidan oʻldiriladi. Bundan tashqari fors shohi Nodirshox 1740-yil Buxoroni boʻysundirib, qoʻqonliklarni Samarqanddan quvib yuboradi. Abduraimning ukasi Abdukarimbiy endigina Qoʻqon deb atala boshlagan (1740) Eskiqoʻrgʻonga koʻchib oʻtadi (Aslida esa, „Qoʻqon shahri“ atamasi anchagina qadimiy boʻlib, u haqda 10-asrda arab sayyohlari Istaxriy va Ibn Havqal Axsi shaharchasi va Shosh daryosi (Sirdaryo) yaqinida joylashgani haqida yozishgan, yaʼni bu joy hozirgi Qoʻqonning oʻrnidadir. Demak, shaharga „asos solganlar“ unda shunchaki oʻrda (saroy) qurishgan va qalʼa devorlari bilan oʻrab olishgan, degan taxminlar ham yoʻq emas).

Abdulkarim va Norboʻtabiy zamonlarida xonlik hududi kengaydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, 1774-1798-yillar oraligʻida Abdulkarim ham, Norboʻtabiy ham Xitoyga boj toʻlab turganlar.

Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimxon togʻda yashovchi tojik qavmlarining koʻmagi bilan Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismini oʻziga boʻysundirdi, Xoʻjand (hozirgi Leninobod), Toshkent shular jumlasidandir. 1809-yil u oʻz ukasi Umarxon tomonidan oʻldiriladi. 1821-yil Umarxonning 12 yoshli oʻgʻli Muhammadali (Madalixon) taxtga oʻtiradi. Uning hukmronlik davrida xonlikning hududi anchagina kengaydi. Xonlik oʻziga shimoliy Qirgʻiziston va janubiy Qozogʻiston hududlarini qoʻshib oldi. Bu yerlarni boshqarish uchun 1825-yil Pishpak va Toʻqmoq qalʼalari barpo etildi.

1842-yil Vuxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqon xonligiga bostirib kirdi. Shu yillarda Madalixonning jiyani Sheralixon isyon koʻtaradi, bu isyon keyinchalik fuqarolar urushiga va etnik nizolarga sabab boʻladi. 1845-1858-yillarda (va yana 1865-yil) taxtga Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorxon oʻtiradi.

1855-yildan boshlab mahalliy hokimlarning oʻzboshimchaligi va zulmlaridan charchagan qirgʻiz va qozoq qavmlari ruslar tarafga ogʻa boshlaydilar. Oqibatda xonlikning Rusiya harbiylari bilan bir necha marta qurolli toʻqnashuvlari yuzaga keladi. 1866-yil Rusiya imperiyasi Toshkentni, keyingi yil Xoʻjandni egallaydi. Bu vaqtda Toshkent begi Yoqubbek Xitoy tazyiqidan vaqtincha ozod boʻlgan Qashqarga qochib ketadi.

1868-yilgi Rusiya bilan savdo kelishuvlari Qoʻqon xonligini iqtisodiy jihatdan Rusiya iqtisodiga qaram qilib qoʻyadi. 1873-1876-yillarda Xudoyorxonning ichki siyosatidan norozi boʻlgan xalq gʻalayon koʻtaradi. Qoʻzgʻolonni oʻzini taxt vorisi deb eʼlon qilgan Poʻlatxon boshqaradi. Isyonchilar avvaliga Rusiyadan yordam kutishadi, ammo Rusiya ularga yordam qoʻlini choʻzishdan bosh tortadi. Bundan ranjigan Poʻlatxon 1875-yil taxtni egallagach, Rusiyaga qarshi siyosat yuritadi, Natijada 1876-yil martida Rusiya imperiyasining generallari Kaufman va Skobelev ham harbiy kuch tashlab, qonuniy xonni himoya qilish bahonasida Qoʻqonni qamal qilishadi. Poʻlatxon tutib, qatl qilinadi, Qoʻqon xonligi tugatiladi. Sobiq Qoʻqon xonligining yerlari Rusiya Turkistonining Fargʻona viloyati tasarrufiga oʻtadi.

Sovet hukumatiTahrirlash

Turkiston ASSRTahrirlash

 
Turkiston ASSR bayrogʻi (1919-1921-yillar)

1917-yil 7- dan 8-noyabrga oʻtar kechasi Petrogradda Ulugʻ Oktabr inqilobi nomi bilan tarixga kirgan qoʻzgʻolon uyushtirildi. Shu kech poytaxti Moskva shahri boʻlgan Rossiya Sovet Sotsialistik Federativ Respublikasi (RSFSR) tuzildi. Turkiston General Gubernatorligi oʻrnida RSFSR tarkibidagi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston Muxtoriyati) tuzildi. Sobiq Rusiya imperiyasi protektoratlari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligi vaqtincha mustaqil boʻlib qoldilar.

1920-yil 26-avgustda Turkiston muxtoriyatining Sirdaryo va Yettisuv qismlarida RSFSR qaramogʻidagi Qirgʻiziston ASSR (Qirgʻiziston Muxtoriyati) tashkil qilindi.

Buxoro va Xorazm XSRTahrirlash

 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining bayrogʻi (1921-yil 23 sentabrdan 1923-yil 11 oktabrgacha)
 
Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasining bayrogʻi (1924-yil 18 sentabrdan 1925-yil 22 iyulgacha)
 
Xorazm SSRning bayrogʻi (1923-yil 23 oktabrdan 1924-yil 2 oktabrgacha)

1923-yil SSJI tarkibiga Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari qoʻshildilar (SSR sifatida).

1924-yil sentabrida Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari sotsialistik respublikalarga aylantirildi, lekin bir oy oʻtib, Oʻzbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari tashkil etilishi munosabati bilan chegaraviy boʻlinishlarga uchrab, viloyat maqomini oldilar.

Oʻzbekiston SSSR tarkibidaTahrirlash

1923-yildan 1929-yilgacha guberniyalar oʻrnida oʻlkalar va viloyatlar (SSJI davrida yozilgan barcha oʻzbek tilidagi rasmiy hujjatlarda „viloyat“ soʻzi „oblast“ tarzida, „tuman“ soʻzi „rayon“ tarzida uchraydi), volostlar va uyezdlar oʻrniga tumanlar tashkil qilindi. Boshqaruv ishini yengillashtirish maqsadida viloyatlar muntazam ravishda boʻlinib borildi. Oʻrta Osiyodagi respublikalar ham milliy yoki diniy qarashlardan kelib chiqib boʻlindi.

1924-yil 14-oktabrda Buxoro SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi va Qirg'iziston ASSR tarkibidan Qora-Qirg'iz avtonom oblasti ajratildi.

 
Oʻzbekiston SSR bayrogʻi (1952-yil 29 avgustdan 1991-yil 18 noyabrgacha)

1924-yil 27-oktabrda rasman Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzildi. Oʻzbekiston SSR tarkibiga Buxoro SSR (Tojikiston ASSR bilan birga) va boʻlib yuborilgan Xorazm SSRning uchdan bir qism hududi qoʻshildi, qolgan qismlardan biriga Qirgʻiziston ASSR tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog'iston AO tuzildi, qolgan uchinchi qism hududda Turkmaniston SSR tashkil etildi.

Shu tariqa Oʻzbekiston ittifoqdosh respublika maqomida SSJI tarkibiga qoʻshildi, Oʻzbekiston SSRning birinchi poytaxti 1924-yilda Samarqand shahri boʻldi. 1930-yilda poytaxt Toshkent shahriga koʻchirildi.

1926-yil 1 fevralda Qirgʻiziston ASSR Qozogʻiston ASSRga oʻzgartirildi va Qora-Qirgʻiz AO uning tarkibidan ajratib olinib, oʻrniga Qirgʻiziston ASSR tuzildi.

1929-yil 16 oktabrda Oʻzbekiston SSR tarkibidan Tojikiston ASSR ajratib olindi va oʻrniga Tojikiston SSR tuzildi. Tojikiston SSR 1929-yilning 5 dekabrida SSJI tarkibiga qoʻshildi.

1936-yilning 5 dekabrida Qirgʻiziston ASSR va Qozogʻiston ASSR rasman RSFSR tarkibidan ajratilib, Sovet Sotsialistik Jumhuriyatlar Ittifoqiga SSR sifatida qoʻshildi, Qoraqalpogʻiston AO esa, Avtonom SSR sifatida Oʻzbekiston SSR tarkibiga kirdi.

SSSR tarkibida Oʻzbekiston hukumati boshliqlari Oʻzbekiston SSR tuzilgan sanadan boshlab, 1925-yil fevral oʻrtalarigacha rasman respublika boshligʻi Fayzulla Xo'jayev boʻlgan. (1896 — 15.03.1937).

1925-yil 17 fevraldan Yo'ldosh Oxunboboyev (01 (13).07.1885 — 28.02.1943) Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroqoʻmi Raisi (1938-yil 21 iyuldan Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi) etib tayinlandi va umrining oxirigacha mazkur lavozimda qoldi

1938-yilning 19-dan to 21-may sanasigacha Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi lavozimida vaqtinchalik Usmon Yusupovich Yusupov (01.03.1900 — 07.05.1966) boʻldi.

1943-yil 22 martdan 1947-yil 14-martgacha Prezidium Raisi Abduvali Mo'minov boʻldi.

1947-yil 17 martdan 1950-yil 21-avgustga qadar OʻzSSR Prezidiumi Raisi lavozimida Amin Ermatovich Niyozov (1903-1973) ish yuritdi.

1950-yil 21-avgustdan OʻzSSR Raisligiga Sharof Rashidovich Rashidov (24.10 (06.11).1917 — 31.10.1983) tayinlandi va umrining oxirigacha oʻz lavozimida qoldi. Ammo, shuni ham taʼkidlash joizki, rasman respublika boshliqlari 1959-yildan to 1970-yilgacha Yodgor Sodiqovna Nasriddinova (26.12.1920), 1970-78-yillarda Nazar Matkarimovich Matchonov (01.01.1923), 1978-83-yillarda Inomjon Buzrukovich Usmonxoʻjayev (21.05.1930) boʻlishgan.

Rasmiy Moskva tomonidan uyushtirilgan, Gdlyan va Ivanovlar tomonidan olib borilgan „tozalash ishlari“ natijasida mamlakatning keyingi boshliqlari tez-tez almashtirib turildi.

21.12.1983 — 09.12.1986 Oqil Umrzoqovich Salimov (1928)
09.12.1986 — 09.04.1988 Rafiq Nishonovich Nishonov (15.01.1926)
09.04.1988 — 06.03.1989 Poʻlat Qirgʻizboyevich Habibullayev (14.10.1936)
06.03.1989 — 24.03.1990 Mirzaolim Ibragimovich Ibragimov (1928)

1990-yil 24 martda Oʻzbekiston SSR prezidenti lavozimiga tantanali ravishda Islom Abdugʻaniyevich Karimov keldi va oʻzbek xalqini yangi gʻoya — mustaqillik sari intilishga undadi. [7]

Mustaqil OʻzbekistonTahrirlash

 
Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi (1991-yil 18 noyabrdan)

1991-yil SSSR boʻlinib ketishi oqibatida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi vujudga keldi. Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi. Turli islomiy radikallar jumhuriyat tepasiga chiqishga urinib koʻrishdi, ammo barcha harakatlari besamar ketdi, 1999-yil ushbu radikallar terroristik harakatlarni boshlashdi. Respublika rahbarining oqilona harakatlari natijasida koʻplab teraktlarning oldi olindi.

ManbalarTahrirlash

  1. Usama ibn Munkiz. Kniga nazidaniya. per. Yu.I. Krachkovskogo. M. Izd-vo vostochnoy literaturi, 1958, c.134
  2. Rashid ad-din. Sbornik letopisey. T.1., kn.1. M., 1952
  3. Shixab addin Muxammad an-Nasavi. Jizneopisanie sultana Djalaladdina Mankburni. Izdanie krit. teksta, perevod s arabskogo, predislovie, kommentariy, primechaniya i ukazateli Z. M. Buniyatova. M.., 1996, c.259
  4. Ermatov M., Etnogenez i formirovanie predkov uzbekskogo naroda. Tashkent: Uzbekistan, 1968
  5. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. Yigirma tomlik. Oʻn birinchi tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. — Toshkent, 1993. 189 bet
  6. Alisher Navoi, Mukammal asarlar tuplami. 3 jild. Toshkent, 1988
  7. http://www.tarix.uz/buyuk-shaxslar/ozbekiston-hukmdorlari/ Oʻzbekiston Xukumdorlari