Bosh menuni ochish

Ashtarxoniylar, Joniylar-1601 – 1757 yillarda o‘zbek dav-latchiligini boshqargan sulola. 1601 yil ashtarxoniylardan Boqi Muhammad Buxoro hokimiyatini qo‘lga olgach, shay-boniylar sulolasi hukmronligi tuga-tilgan. A. Jo‘jixon naslidan bo‘lib, 14-asrning 80-yillaridan boshlab Astra-xon (Ashtarxon, Hoji Tarxon) va uning atrofidagi yerlar, xalklar ustidan xukmronlik qilgan. 1556 yil Astraxonni Rossiya bosib olgandan keyin, A.dan Yormuhammadxon oilasi bilan Buxoroga ko‘chib kelgan. Buxoro xoni Iskandarxon (1563– 83) qizi Zuhroxonimni uning o‘g‘li Jonibek sultonga bergan. Jo-nibek sulton Zuhroxonimdan uch o‘g‘il (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko‘rgan. Din Muhammad Ab-dullaxon II zamoni (1583–98)da Niso va Abivard hokimi bo‘ldi. Abdulmo‘minxon o‘ldirilgandan keyin (1599) amir va ruhoniylar Jonibek sultonni xon tax-tiga ko‘tarmoqchi bo‘ldilar. Lekin, Jo-nibek bundan voz kechdi. Shunda ular uning katta o‘g‘li Din Muhammad nomiga xutba o‘qitdilar. Ammo u Buxoroga borayotib yo‘lda halok bo‘ldi. Oxiri taxtga Jonibek sultonning o‘rtancha o‘g‘li Boqi Muhammad o‘tqazildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi A. qo‘liga o‘tdi (A. sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti va tashqi siyosati xusu-sida Buxoro xonligi maqolasiga q.). Su-lola hukmdorlari: Boqi Muhammadxon (1601–05), Vali Muhammadxon (1605-11), Imomqulixon (1611–42), Nadr Muhammadxon (1642–45), Abdulazizxon (1645-81), Subhonqulixon (1681-1702), Ubaydullaxon II (1702-11), Abulfayzxon (1711–47), Abdulmo‘minxon (1747–51), Ubaydulloxon III (1751-54), Sherg‘ozi (1754-57).Ad.: Abduraimov M. A., Ocherki agrarnix otnosheniy v Buharskom xan-stve v 16– 19 vv., t. I–II, T., 1966, 1970; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; O‘zbekiston xalqlari tarixi, 2-t., T., 1994.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil