Muhit at-tavorix (Tarixlar majmuasi) – tarixiy asar. Muallifi Muhammad Amin Buxoriydir. Mazkur asar XVIII asrning boshlarida yozilgan. Asarda Buxoro xonligi tarixiga oid qimmatli maʼlumotlar mavjud. „Muhit at-tavorix“da bayon etilgan voqealar 1700-yil bilan yakunlangan [1]. Asar ashtarxoniylar sulolasi vakillari Abdulazizxon (1645–1680) va uning ukasi Subhonqulixon (1680–1702) davrida yozilgan [2]. Asar muallifi Muhammad Amin ibn Mirzo Muhammad Zamon Buxoriy Soʻfyoniy. XVII asrning birinchi yarmi va XVIII asrning boshida yashagan tarixnavislardan biri hisoblanadi. Akademik Dilorom Yusupova tadqiqotlariga qaraganda u asli buxorolik boʻlib, Soʻfyon mahallasidan boʻlgan. Asar Buxoro xoni Subhonqulixonning amaldorlaridan biri Ibrohim qushbegining farmoyishi bilan yozilgan[1]. Mazkur asarning 6 ta nusxasi mavjud. Eng qadimiy nusxasi 1861-yilda qayta koʻchirilgan[1]. Asarning OʻzR FA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan ikkita fors va ikkita eski oʻzbek tilidagi nusxalari mavjud[3]. Muhammad Amin Buxoriy ushbu asarini yozishda 37 ta kitobdan foydalangan va 10 bobga boʻlgan[4]. 1970-yilda ushbu asar boʻyicha Oʻz FA Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Usmon Hamroyev, oʻsha paytda tarix fanlari nomzodi Boʻriboy Ahmedov rahbarligida nomzodlik disertatsiyasini yoqlaydi. 2020-yilda mazkur asar Dilorom Yusupova va Usmon Hamroyevlar tomonidan Toshkentda izohlar bilan birgalikda oʻzbek tilida shop qilingan[5]. Tarjimonlar Muhammad Amin Buxoriyning oʻzi koʻrgan va bilib yozgan qismlarini, yaʼni ashtarxoniy hukmdorlar Abdulazizxon va Subhonqulixon davrini tarjima qilgan[6]. Muhit at-tavorix asarida Buxoro xonligi iqtisodiy va siyosiy ahvoliga oid qiziqarli maʼlumotlar ham mavjud. Muhammad Amin Buxoriy oʻzining „Muhit-at tavorix“ asarida Rum va Qoshgʻar tomonidan xon huzuriga elchi kelganligi aytib oʻtilgan[7].

Muhit at-tavorix
Muallif(lar) Muhammad Amin Buxoriy
Tarjimon(lar) Dilorom Yusupova, Usmon Hamroyev
Til fors
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2020-yil


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Муҳаммад Амин Бухорий 2020, s. 6.
  2. Муҳаммад Амин Бухорий 2020, s. 6-7.
  3. Муҳаммад Амин Бухорий 2020, s. 18.
  4. Муҳаммад Амин Бухорий 2020, s. 19.
  5. Zamonov 2021, s. 9.
  6. Муҳаммад Амин Бухорий 2020, s. 23.
  7. Муҳаммад Амин Бухорий 2020, s. 104.

Adabiyotlar

tahrir
  • Муҳаммад Амин Бухорий. Муҳит ат-таворих. Тошкент: Фан, 2020 — 284-bet. 
  • Zamonov A, Subhonov F. Buxoro xonligining ashtarxoniy hukmdorlari. Toshkent: Bayoz, 2021 — 136-bet.