Rum — qadimda ayrim Sharq mamlakatlarida Rimning, keyinchalik Rim imperiyasining keng tarqalgan nomi. Rim imperiyasining boʻlinishidan keyin (mil. 4-asr) Rum nomi faqat Vizantiyaga nisbatan ishlatilgan. Kichik Osiyo saljuqiylar tomonidan bosib olingan davrda Rum nomi bilan atalgan (shundan Saljuqiylar yoki Koʻniya sultonliginpng boshqa nomi — Rum sultonligi olingan). Usmonli turklar Vizantiyani bosib olgach, Bolqon yarim oraldagi viloyat shu nom bilan atala boshlagan (qarang Rumeliya).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil