Musaxxir al-bilod
Musaxxir al-bilod („Mamlakatlarni bo‘ysundiruvchi“) nomli tarixiy asar, muallifi Muhammadiyor ibn Arab Qatagʻondir. Fors tilida yozilgan.
Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid maʼlumotlar kam. U XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr boshlarida yashab oʻtgan Shayboniy Abdullaxon II va Ashtarxoniylardan Boqi Muhammadxonning (1603—1606) xizmatida boʻlgan.
„Musaxxir ul-bilod“ Shayboniylar sulolasining Abulxayrxondan boshlab shajarasi bayoni boʻlib, Movauronahrning XV—XVI asrlardagi tarixini oʻrganishda muhim qoʻllanmalardan biri hisoblanadi. Asar 1610-yil atrofida yozilgan. Kitob tarkibi muqaddima va olti bobdan iborat. Kitob Abulxayrxonning oʻgʻli va taxt vorisi Shoh Bugogʻ sulton, uning oʻgʻillari Shayboniyxon va Mahmud sulton hamda ularning avlodi tarixini oʻz ichiga oladi. Ikkinchi bobda Koʻchkunchixon (Koʻchumxon) tarixi bayon etilgan. Uchinchi bobda Suyunchxoʻjaxon va uning Toshkent hamda Turkistonda hukmronlik qilgan avlodi tarixi keltirilgan. Toʻrtinchi bobda xoja Muhammadxon va uning Movarounnahrda podshohlik qilgan avlodi tarixi keltirilgan. Beshinchi bob Abdulmo‘minxonning taxtga o‘tirishi (1598) va qisqa hukmronligi haqida. Oltinchi bobda Buxoroning diqqatga sazovor joylari, muallif bilan zamondosh boʻlgan va Buxoroda istiqomat qilgan shayxlar, olimlar va shoirlar haqida qisqacha maʼlumot beriladi. „Musaxxir ul-bilod“ kam oʻrganilgan, qoʻlyozma nusxalari ham kam.
Adabiyotlar
tahrir- Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yoʻnalishi talabalari uchun darslik.
- A. Madraimov, G. Fuzailova. T.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |