Ivan IV Grozniy (1530.25.8, Kolomenskoye qishlogʻi — 1584.18.3, Moskva) — "Butun Rusning ulugʻ knyazi" (1533 y. dan), 1-rus podshosi (1547 y. dan). Vasiliy III ning oʻgʻli. Mustabid hokim sifatida xalq uni "Grozniy" ("Dahshatli") laqabi bilan atagan. I. IV 40-yillarning oxiridan Tanlangan rada ishtirokida davlatni boshqargan. Uning davrida 1549-yil dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar hokimiyatini zaiflashtirish maqsadida ilk Zemskiy sobor-erkin aholi turli toifalari vakillarining yig'ilishini chaqirilgan; 1550 yil Sudebniki tuzilgan; boshkaruv va sud islohotlari oʻtkazilgan; 1565 yilda oprichnina joriy etilgan; Angliya bilan savdo aloqalari oʻrnatilgan (1553); Moskvada 1-bosmaxona qurilgan; Qozon (1552) va Astraxon (1556) xonliklari boʻysundirilgan; Boltiq boʻyiga chiqish maqsadida Livon urushi olib borilgan (1558—83); Sibirni bosib olish boshlangan (1581). Ivan IV ning ichki siyosati ommaviy qatl etishlar, dehqonlarni asoratga solishni kuchayishi bilan ajralib turadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil