Iskandarxon (? - 1583.22.6, Buxoro) — Buxoro xoni (1561 — 83), oʻzbek shayboniylar sulolasidan.

Jonibek sultonning oʻgʻli. I.ning onasi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon (Boburning togʻasi)ning qizi boʻlgan. I. 15 yoshida Samarqand Sugʻdiga qarashli Ofarinkent (Miyonkol) nohiyasida hokimlik qilgan, otasi vafot etgach (1529), Karmana hokimi boʻlgan. 1561 y. I. oʻgʻli Ab-dulla sulton (qarang Abdullaxon II) Buxoroni egallab amakisi Pirmuhammad (Balx hokimi) oʻrniga otasi I.ni bu-tun oʻzbeklarning xoni (xonlar xoni) deb eʼlon qilgan. I. yoshligida jangari, irodali kishi boʻlgan esada, key-inroq taqvoga juda berilib ketgan. Shariat ahkomlariga toʻla rioya qilgan, lochin oviga moqir boʻlgan, davlat ishlariga deyarli aralashmagan. I. taniqli tasavvuf olimi, Maxdumi Aʼzam Kosoniyning muridi va shogirdi edi. I.ni darveshlar podshohi (podshohi darvishon) deb ham atashgan.

AdabiyotTahrirlash

  • Bartold V. V., Sochineniya, 2 t., 2 ch., M., 1964.[1]
  • Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993;
  • Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999.

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Abu Saidxon (1531 - 1534)
Abdulla I (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Samarqand

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Buxoro

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)