Abulxayrxon (Oʻzbek ulusi)

(Abdulxayrdan yoʻnaltirildi)

Abulxayrxon (1412-1468) – tarixda Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati deb nom olgan davlat asoschisi. Tura (Gʻarbiy Sibir) xoni bo'lgan.

Abulxayrxon
ڊ۔۔۔ٯ الـخـڍـر خـات
Abdulxair.jpg
Tavallud sanasi: 1412-yil
Vafot sanasi:1468-yil
Kasb: Xon

1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryo bo'yidagi bir qancha shahar va qal'alar (Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Sigʻnoq, Suzoq)ni bosib oldi. 1447-yilda mamlakat poytaxti Sibirdan Sigʻnoqqa ko'chirildi. 1431-yilda Abulxayrxon Xorazmni bosib oldi. 1448-yilda ko'chmanchi oʻzbeklar Movarounnahrga bostirib kirdilar va Samarqandni qamal qildilar.

1451-yilda Abulxayrxon Abu Said bilan qo'shilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga o'tqazdi. Ko'chmanchi oʻzbeklar keyinchalik temuriylardan Muhammad Joʻqiyga ham ko'maklashdilar (1460-62).

Abulxayrxonnin rafiqasi Robiya sulton begimning Turkiston shahridagi maqbarasi

Abulxayrxon davlati tarixini tarixchi Masud bin Osmani Kuhistoniy tasvirlab bergan. Tasavvufning taniqli vakili Najm ad-din Kubro asos solgan tariqatning vakili Husayn Xorazmiyning Abulxayrxonga bagʻishlab turkiy tilda asar yozgan.[1]

Abulxayrxon oilasi aʻzolari adabiyotga ixlosmand edilar. Abulxayrxon taniqli shoir, tasavvufchi, tasavvuf tarafdori Jaloliddin Rumiy asarlarini tarjima qilishni buyurdi.[2]

Abulxayrxon vafotidan keyin uning dushmanlari (Iboqxon, Jonibek, Burka sulton, Yomgʻurchi, Muso mirzo, Ahmadxon) taxt vorisi Shayx Haydarni mag'lub qildilar va Ko'chmanchi oʻzbeklar davlatini qulatdilar. Lekin XV asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon oʻz raqiblari ustidan gʻalaba qozondi va hokimiyatni qo'lga oldi.

ManbaTahrirlash

  1. Norik B. V., Rol' shibanidskikh praviteley v literaturnoy zhizni Maverannakhra XVI v.// Rakhmat-name, Spb.,2008, s.229
  2. Allworth E., The modern Uzbeks. from the fourteenth century to the present. Stanford: Hoover institution press,1990,p.51

AdabiyotlarTahrirlash

Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Muzaffar ad-Din (1531 - 1534)
Abul Gazi (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Samarqand

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Buxoro

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)