Baroqxon (Shayboniy)

(Navroʻz Ahmaddan yoʻnaltirildi)
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon

Baroqxon (haqiqiy ismi Navroʻz Ahmadxon) (? — 1556, Samarqand) — oʻzbek shayboniylar sulolasidan boʻlgan xon.

Baroqxon davri kumush tangasi.jpg
Baroqxon davrida zarb etilgan kumush tanga.jpg

Abulxayrxonnmng nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxoʻjaxonning kichik oʻgʻli. Otasining vafotidan keyin Toshkent hokimi (1533—1551)[1], soʻngra Movarounnahr (1551—1556) xoni. Baroqxon yoshligida Vosifiydan sheʼriyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan taʼlim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan koʻproq mashgʻul boʻlgan. Baroqxon oʻz saltanatini kengaytirish uchun koʻp harbiy yurishlar uyushtirgan. Abdullatifxon vafotidan keyin 1551-yil Samarqand taxtiga oʻtirgan va Navroʻz Ahmadxon nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan[2]. Baroqxon obodonchilik ishlariga eʼtibor bergan, Toshkentda Baroqxon madrasasini qurdirgan. Hofiz Tanish Buxoriyning „Abdullanoma“ asarida qayd etilishicha, Baroqxon 1556-yil Zarafshon daryosidan boshlangan Dargʻom kanalining bosh inshooti — Ravotxoʻja toʻgʻonini tuzattirish uchun kelgan va shu yerda toʻsatdan vafot etgan. Baroqxon davrida Movarounnahr bilan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Sibir oʻrtasida savdo-sotiq, elchilik munosabatlari rivojlangan.

HavolalarTahrirlash

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. [1]
  2. [2]