Boqimuhammad — Buxoro xoni (1598 — 1605).

Ashsharxoniylardan. Jonibek sultonning oʻgʻli. Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammadxon (1598—1601) B. M.ni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan (1599). Shunday boʻlsada, B. M. tez orada oʻz mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay koʻygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601 yil iyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamol degan joyda B. M. bilan jang qilib, magʻlubiyatga uchragan. Soʻng B. M. Buxoroga kirib, xonlik taxtini egallagan. Shu tariqa Buxoroda yangi sulola — ashtarxoniylar xukmronligi boshlangan. B. M. oʻz hukmronligi davrida xonlik hududi yaxlitligini saqpab qolish va oʻziga qadar oʻtgan xonlar qoʻldan chikargan yerlarni dushmandan kaytarib olish maqsadida koʻplab urushlar qilgan. Chunonchi, B. M. Balx taxtiga daʼvo qilib isyon koʻtargan (1601—02) ashtarxoniy shahzodalar — Abbos sulton va Rahmonquli sultonlarni magʻlub etgan (1602 yil bahori). Eron shohi Abbos I Balxni bosib olish, soʻngra B. M.ni taxtdan agdarib, uning oʻrniga shayboniylardan Muhammad Salim sultonni oʻtqazish va bu bilan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligiga chek qoʻyish maqsadida katta qoʻshin bilan yurish qilganda, B. M. Amudaryo boʻyidagi Puli Xataba degan joyda unga peshvoz chiqib (1602 yil iyul), Eron qoʻshinini butunlay tormor keltirgan. Shoh Abbos I esa qolganqutgan askarlari bilan arang qochib qutilgan. 1603 yil 25 martda B. M. temuriylardan Kobul hokimi Muhammad Hakim Mirzoning jiyani Badiuzzamon bosib olgan Qunduz shahrini uch oy qamal qilgach, yana qayta qoʻlga kiritgan. B. M. mamlakatni idora qilish tizimi va soliqlarni tartibga solish, qoʻshinni qayta tashkil qilish kabi qator islohotlar oʻtkazgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, obodonchilik ishlariga katta eʼtibor bergan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
Buxoro hukmdorlari
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1860 Nasrulla
1860 — 1885 Muzaffar
1885 — 1910 Said Abdulahad
1910 — 1920 Said Olim

Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1756)

Buxoro xonligi
Boqi Muhammad 1601 - 1605
Vali Muhammad 1605 - 1611
Imomqulixon 1611 - 1642
Nodir Muhammad 1642 - 1645
Abdulazizxon 1645 - 1681
Subxonqulixon 1681 - 1702
Ubaydullaxon II 1702 - 1711
Abulfayzxon 1711 - 1747
Abdulmo’minxon 1747 - 1751
Ubaydulloxon III 1751 - 1754
Sherg'ozixon 1754 - 1756