Shibirgʻon
Shibirgʻon, Shibargʻon -Afgʻonistonning shim. qismidagi shahar. Daryoi Safed (Oqdaryo)ning quyi oqimi vodiysida, Baqtriya tekisligida joylashgan. Juzjon viloyatining maʼmuriy markazi. Mozori Sharif — Hirot avtomobil yoʻli oʻtgan. Aholisi 21,5 ming kishi (1985). Qorakoʻlchilik rayoni markazi. Gilam toʻqiladi. Shahar yaqinida tabiiy gaz konlari bor.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |