Xonlik yoki hoqonlik — xon tomonidan boshqariladigan davlat birligi yoki tuzumi. Davlat boshqaruv shakli — monarxiya[1].

14-15- asr xonliklar xaritasi
Turkiy hoqonlik xaritasi, 1813

Tarixi

tahrir

Yevropa tarixchilari xon va hoqonlik degan tushunchalarni tariflashda koʻproq Mo'g'ullar imperiyasiga oid davlatlarni misol keltiradi[2]. Ammo tarixdan koʻrishimiz mumkinki Qadimgi turkiy davlatlarda xon va hoqonlik tushunchalari mavjud hisoblanadi. Misol uchun, 552-yil Bumin tomonidan tashkil etilgan Turk hoqonligini xon boshqargan[3]. Milodiy 10-asrdagi Qarluq davlatini xon boshqarqan. Qadimgi Bilga Hoqon va Tunyuquq bitiklarida ham hoqonlik turkiylarga xos tushuncha ekanligini koʻrinadi.

Turk hoqonligi

tahrir
 
Turk hoqonligi

[[552 yilda Bumin vafot etadi. Taxtga oʻgʻli Qora Issiq xon keldi. Bumin vafotidan foydalangan joʻjanlar Turk xoqonligiga yana xujum uyushtiradilar. Lekin Qora Issiq xon ularga qaqshatgʻich zarba beradi. Qora Issiq xondan soʻng taxtga uning ukasi Mugʻan xon oʻtiradi. 558 yilda u joʻjanlarga soʻnggi hal qiluvchi zarbani beradi. Mugʻan xon yigirma yil (553—572) Hukmronlik qiladi. Bu davrda Turk xoqonligi har tomonlama yuksalib, butun Oʻrta Osiyoda siyosiy hukmronlikni oʻrnatdi. Mugʻan xongacha ham amakisi Istami (Buminning ukasi) xoqonlikning gʻarbiy qismini, boshqarar edi. Istami akasi vafotidan keyin (555 yilda) Toshkent va uning atroflarida, Qozogʻiston, Yettisuv va Xorazm hududlarida mustahkam oʻrnashib oldi. Endi Turk xoqonligining chegaralari Amudaryogacha yetib boradi. Xususan, 563—567 yillarda Turk hoqonligi Eftalitlaryi tor-mor keltirgach, uning chegaralari Eron bilan bevosita yaqinlashib qoladi. Bu hol Eron va Turk hoqonligi oʻzaro toʻqnashuviga olib keladi.

Eronda Shahanshoh Husrav Anushirvon Eftalitlar hisobidan oʻz chegaralarini kengaytirishni reja qilgandi. Dastlabki paytlarda Eron bilan turklar oʻrtasidagi munosabatlar yaxshi edi. Hatto Husrav turk malikasiga uylangan ham edi. Biroq, turklar Eftalitlarni tor- mor keltirgandan soʻng har ikki oʻrtadagi munobatlar keskin tus oldi. Turk hoqonining Eron bilan munosabatlarini oʻrnatishga intilishlari foyda bermaydi. Husrav Turk xoqoni Istamining birinchi marta yuborgan elchisi Maniax olib kelgan ipak buyumlarni hammasini koʻzi oldida oʻtga tashlaydi. Istami tomonidan yuborilgan ikkinchi elchilarni esa Husrav zaharlab oʻldiradi. Eron bilan aloqani oʻrnatish imkoniyati boʻlmagach Turk xokonligi 568—569 yillarda Vizantiya bilan bunday munosabatlarni oʻrnatish uchun Konstantinopolga Yustinian II saroyiga elchi yuboradi. Konstantinopoldagi Yustinian II saroyiga kelgan Turk hoqonligi elchilariga yuqorida nomi tilga olingan sugʻd savdogari Maniax boshchilik qilardi. U Eron davlati chegaralarini chetlab Kaspiy dengizining shimoli va Kavkaz orqali borishi kerak edi. Oʻz navbatida Vizantiya ham Zemarx boshchiligida Turk xoqonligiga javob tashrifi bilan elchilar yuborgandi. Muzokaralar davomida asosiy diqqat ipak savdosi va birgalashib Eronga qarshi kurash olib borish masalalariga qaratiladi.

Turk xoqonligi VI asrning 70-80 yilariga (588 yilda) kelib oʻzing ichidagi ichki nizolar va Xitoydagi Suy imperiyasing aralashuvi natijasida ikkiga boʻlinib ketadi. Gʻarbiy va Sharqiy hoqonliklarga. Gʻarbiy Turk xoqonligi Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha choʻzilgan hududlarni oʻz ichiga olib markazi Yettisuv edi. Sharqiy Turk hoqonligi esa Old osiyo yerlarini oʻz ichiga olib uning markazi Oltioyda joylashgan.

 
Koʻchmanchi qalmiqlar xonligi

Moʻgʻul xonligi

tahrir

Yevropa manbalarida keltirilgan manbalarga qaraydigan boʻlsak, Chingizxon vafotidan keyin oʻzi asos solgan Moʻgʻullar imperiyasi 4 ta merosxoʻriga toʻrt qismga boʻlingan. 13-asr oʻrtalariga kelib Moʻgʻillar imperiya toʻrt xonlikdan iborat edi: Joʻji ulusi deb nomlangan Oltin Oʻrda ; Elxon hukmronlik qilgan Hulaguiylar davlati ; Oʻrta Osiyoda Chagʻatoy ulusi va Sharqiy Osiyoda Buyuk Xonlik. Barcha xonliklar dastlab poytaxti Qoraqurum boʻlgan Buyuk xonlik hukmdoriga boʻysungan, ammo Xubilayxon vafotidan keyin (1294) Buyuk Xon (xoqon) hokimiyati oʻz ahamiyatini yoʻqotdi[4].

Xonliklarning koʻpayishi

tahrir

16-asr boshlariga kelib, toʻrt xonlikning barchasi allaqachon oʻz faoliyatini toʻxtatgan va ularning oʻrnida koʻplab mayda xonliklar (Astraxan, Buxoro, Qozon, Qoʻqon, Qrim, Qozoq, Samarqand, Toshkent, Xiva) tashkil topgan. Uzoq vaqt davomida ular atrofdagi davlatlar uchun xavf tugʻdirdi, lekin oxir-oqibat Rossiya davlatining bir qismiga aylandi. Eng oxirgi 1876-yilda Qoʻqon xonligi quladi [5][1].Qozon xonligi asosan qadimgi bolgarlarning avlodlari istiqomat qilgan. Bu yerda Oltin Oʻrda xalqi ham oʻrnashib qolgan. Qozon xonligi fuqaroligiga mordoviyaliklar, chuvashlar, marilar, udmurtlar kirgan.Sibir xonligida turkiy tilli qabilalar yashagan. Sibir xonligining taʼsiri Xanti, Mansi, Trans-Ural boshqirdlari kabi xalqlarga tarqaldi.Astraxan xonligining asosiy aholisi Astraxan tatarlari va noʻgʻaylar boʻlib, ularning etnik asosini siraklar, uysunlar, uygʻurlar, qanglilar, qipchoqlar, oslar, keraytlar, dormenlar, naymanlar, mangʻitlar, bulgʻorlar, baylar, kabi qadimiy xalqlar tashkil etgan. Irtish mintaqasida, Shimoliy-Gʻarbiy Moʻgʻulistonda yashagan bodiraklar, kenegeslar, kataganlar, kobanlar, kanolar, mazharlar, argʻinlar va b. Markaziy Osiyo, Janubiy Ural, Quyi Volga mintaqasi, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qora dengiz mintaqasi, Don mintaqasi, Azov dengizi va Quyi Dnepr mintaqasi.

Xonlik deb nomlangan mashhur davlatar roʻyxati

tahrir
Xon va hoqonliklar
T/R Xonlik nomi Poytaxti Hukmronlik davri Hududi Asoschisi
1 Avar hoqonligi Xringi 562-823 Hozirgi Vengriya, Slovakiya, Xorvatiya, Ruminiya, Serbiya va Ukraina hududi Avar hoqonligiga Bayan tomonidan asos solingan
2 Ardabil xonligi Ardabil 1747 — 1808 Eron Ozarbayjoni Feodal davlat
3 Ashtarxoniylar xonligi Hoji Tarxon 1459 — 1556 Rossiya Ashtarxoniylar sulolasi
4 Bakin xonligi Boku 1718 — 1806 Ozarbayjon Feodal davlat
5 Buxoro xonligi Buxoro 1500-1785 Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Eron, Xitoy Muhammad Shayboniyxon avlodlari asos solgan
6 Sharqiy Turk xoqonligi Bolasogʻun 682 — 744 Moʻgʻuliston Koʻchmanchi turkiylar asos solgan
7 Darband xonligi Darband 1747 — 1806 Janubiy Dogʻiston va Ozarbayjon Koʻchmanchi turkiylar asos solgan
8 Jungʻor xonligi Koʻlja 1635 — 1758 Hozirgi Qozogʻiston Oyratlar asos solgan
9 Jujon hoqonligi  — 330 — 555 Xitoy devoridan yuqori qismida Aniq maʼlumotlar yoʻq
10 Gʻarbiy Turk hoqonligi Suyob 603 — 704 Don daryosidan Hind daryosigacha boʻlgan hudud Ashin asos solgan
11 Qozob xonligi Qozon 1438 (1445) — 1552 Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Eron, Xitoy Oltin Oʻrda davlatining yemirilishidan paydo boʻlgan
12 Qozoq xonligi Sozak (1465-1469)

Signak (1469-1511)

Sozak (1511-1521)

Sygnak (1521-1599)

Turkiston (1599-1729)

1465 — 1847 Hozirgi Qozogʻiston hududi. Oʻzbek xonligi va Oltin Oʻrda parchalanishidan paydo boʻlgan.
13 Qalmiq xonligi - 1633 — 1771 Rossiya hududida Qalmiqlar asos solgan.
14 Qorabogʻ xonligi Shusha 1747 — 1822 Armaniston Ozarbayjon -
15 Xiva xonligi Koʻhna Urganch 1511-1920 HozirgiOʻzbekiston hududi, Turkmaniston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron Shayboniylar sulolasi vakillari asos solgan.
16 Qoʻqon xonligi Qoʻqon 1710-1876 Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy Ming urugʻidan Shohruxbey asos solgan.
17 Qarluq xonligi Bolasogʻun 756 — 940 Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy Qarluqlar asos solgan.
18 Moʻgʻul xonligi Qoraqurum 1368 — 1691 Moʻgʻiliston. Chingizxon avlodlari.
19 Oyrat xonligi Koʻchmanchi boʻlishgan. 1399 — 1634 Hozirgi Qozogʻiston Oltin Oʻrda parchalanishidan tashkil topgan.
20 Sibir xoqonligi Chingi-Toʻra 1468 — 1607 Hozirgi Rossiya Oltin Oʻrda parchalanishidan tashkil topgan.
21 Oʻzbek xonligi Sigʻnoq 1428 — 1468 Hozirgi Rossiya va hozirgi Qozogʻiston. Oltin Oʻrda parchalanishidan tashkil topgan.
22 Uygʻur xonligi - 745 — 847 Hozirgi Xitoy Sinjon viloyati Sharqiy Turk hoqonligidan keyin tashkil qilingan.
23 Xazar hoqonligi Itil 650 — 969 Kavkazorti, Quyi va Oʻrta Volga mintaqalari, zamonaviy Qozogʻiston shimoli-gʻarbiy qismi, Azov dengizi, Qrimning sharqiy qismi, shuningdek Sharqiy Evropaning Dneprgacha boʻlgan dashtlari va oʻrmon-dashtlari. Gʻarbiy Turk hoqonligidan ajralib chiqqan[6].
24 Turk hoqonligi Enasoy 552-720 Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy Koʻchmanchi turkiylar asos solgan.
 
Yorkent xonligi

Adabiyotlar

tahrir
  • „Ханство“, Всемирная история. Оксфордская иллюстрированная энциклопедия. М.: Весь мир, ИД "Инфра-М", Oxford University Press. Гарри Джадж, 2003. 
  • Vsemirnaya istoriya v 2 ch. Chast 1. Istoriya Drevnego mira i Srednix vekov : uchebnik dlya akademicheskogo bakalavriata / G. N. Pitulko, Yu. N. Poloxalo, Ye. S. Steskevich, V. V. Shishkin.
  • G. N. Pitulko. — Moskva : Izdatelstvo Yurayt, 2019. — 129 s. — (Bakalavr. Akademicheskiy kurs).
  • Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Ogahiy, Asarlar, 56j., T., 1978— 80; Bayoniy, Shajarai Xorazmshohiy, T., 1994; Xiva ming gumbaz shahri, T., 1997.
  • Yakubovskiy A.Yu. Razvalini Urgencha. // IGAIMK. — L, 1930., Tolstov S.P.Drevniy Xorezm. — M.MGU, 1948., usha muallif. Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii. — M. — L. AN SSSR, 1948., Vakturskaya N.N. O raspokax 1948 g. Na srednevekovom gorodiщe Shemaxalakala. // TXAEE. — M, 1952., Yagodin V.N.Marshrutnie arxeologicheskie issledovaniya v levoberejnoy chasti delti Amudari // MXE, — Vip. 7. Rapoport Yu.A. Raskopki gorodiщa Shax — Sanem v 1952 g. // TXAEE. — M, 1952.
  • B. Javlonbek. (2020). Oʻzbekistondagi oʻqituvchilik huquqini shaklanish tarixiy. Oʻtmishga nazar 2 (2-maxsus son), 88.
  • J.I.Suyundikovich. (2020).TARIXNI OʻQITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va taʼlim, 1 (5), 195
  • Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.
  •  Gulyamov Ya. Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshix vremen do nashix dney. — T., 1957. — 313 s.;
  • Ivanov P.P. Ocherki po istorii Sredney Azii (XVI- seredina XIX v.) — M., 1958. — 246 s.;
  • Arunova M.R., Ashrafyan K.Z. Gosudarstvo Nadirshaxa Afshara. (Ocherki obщestvennix otnosheniy v Irane 30-40 — x godov XVIII veka) — M., 1958. — 283 4. Xivaning XIX asr tarixshunosligida quyidagi olimlarning ishlari alohida ahamiyatga ega:

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Gumilev L.N., Drevniye tyurki, 1967;
  2. Nasimxon Rahmon, Turk hoqonligi, T., 1993;
  3. Koʻchanov Ye. I., Kochevie gosudarstva ot gunnov do manchjurov, M., 1997;
  4. Asadov F. M., Arabskiye istochniki o tyurkax v rannem srednevekovye, Baku, 1993
  5. Ханство // Всемирная история. Оксфордская иллюстрированная энциклопедия.  & M.: Весь мир, ИД "Инфра-М", Oxford University Press. Гарри Джадж, 2003.
  6. Oʻrinboev B., Oʻrinboeva D. Qadimgi turkiy bitiklar. — Samarqand, 2001