Shimoliy ittifoq
Afgʻonistonni ozod etish birlashgan islom fronti (dariycha: جبهه متحد اسلامی ملی برای نجات افغانستان [Jabha-yi Muttahid-i Islāmi-yi Millī barā-yi Nijāt-i Afghānistān]), shuningdek, Shimoliy ittifoq nomi bilan ham tanilgan — 1996-yilda tuzilgan Afgʻonistonning shimolida dala qoʻmondlari ittifoqi[1][2].
Afgʻonistonni ozod etish birlashgan islom fronti | |
---|---|
dariycha: جبهه متحد اسلامی ملی برای نجات افغانستان | |
Shimoliy ittifoq bayrogʻi | |
Boshqa nomi | Shimoliy ittifoq |
Mafkurasi | Moʻtadil islom, antikommunizm |
Etnik mansubligi | tojik |
Diniy mansubligi | Islom |
Liderlari |
Ahmad Shah Massoud (2001-yil vafot etgan), Burxanuddin Rabbani, Abdul Rashid Doʻstum, Mohammed Fahim, Haji Abdul Qadeer, Asif Mohseni, Karim Khalili, Haji Muhammad Mohaqiq |
Shtab-kvartirasi | Kobul shahri |
Tuzilgan vaqti | 1996-yil |
Tugatilgan vaqti | 2001-yil |
Avval qaysi tashkilot tarkibida boʻlgan | Afgʻoniston mujohidlari |
Hamkorlari |
1) Afg'oniston Islom jamiyati; 2) Afg'oniston xalqi islom birligi partiyasi; 3) Afg'oniston milliy islom harakati; 4) Afg'oniston islom birligi partiyasi |
Aʼzolari soni | Tolibon, Al-Qoida |
Ishtirok etgan nizolari | Afgʻonistonda fuqarolar urushi (1996–2001) |
Tashkil topishi
tahrir1996-yilda „Tolibon“ Kobulni egallagandan soʻng Afgʻonistonda yangi hukumatni shakllantiradi. Shu bilan birga dala qoʻmondoni Ahmad Shah Massoud (talaffuzi: Ahmad Shoh Maʼsud) 1996-yilda „Tolibon“dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng Afgʻonistonning markaziy-shimoliy hududi (Panjsher, Parvon, Kapisa, Bagʻlon, Badaxshon, Toxar, Balx, Joʻzjon, Faryob, Qunduz viloyatlari)da amalda mustaqil, poytaxti Bazarak shahri, aholisi 5,5 million boʻlgan „Maʼsudiston“ deb nomlangan davlatni tuzadi. Bu davlat oʻz hukumati, pul birligi hamda 60 ming kishilik armiyasi (shu jumladan, Sovet ittifoqi tomonidan ishlab chiqarilgan samolyot va tanklari) mavjud edi.
Xalqaro hamjamiyat „Tolibon“dan xavfsiray boshlagani sababli Shimoliy ittifoq Ahmad Shah Massoud (talaffuzi: Ahmad Shoh Maʼsud) tomonidan tashkil etiladi.
Ahmad Shah Massoud Rossiya, shuningdek, gʻarb va mintaqa davlatlari koʻmagida hamda ulardan olgan yangi harbiy qurollar orqali Afgʻoniston shimolidagi asosiy aholisi etnik tojiklar hisoblangan 25 % hududni oʻz nazoratiga olishga muvaffaq boʻladi.
Ammo Pokiston tomonidan qoʻllab-quvvatlangan toliblar Shimoliy ittifoqga qarshi bir qancha harbiy harakatlar amalga oshirishi tufayli egallab olingan hududlarni qaytarib oladi. 1998-yilda toliblar Mozori Sharifni egallashi tufayli Shimoliy ittifoqni qiyin ahvolga solib qoʻyadi.
1999-yildan Shimoliy ittifoq MRB (CIA) bilan mustahkam aloqalar oʻrnata boshlaydi, bu haqida MRB (CIA) direktori George Tenet (talaffuzi: Jorj Tenet) oʻzining „At the Center of the Storm: My Years at the CIA“ asarida yozib oʻtgan. „11-sentabr voqealarigacha Shimoliy Afgʻonistondagi Panjsher darasidagi MRB guruhi besh marotaba dala qoʻmondonlari, avvalo, Shimoliy ittifoq rahbari Ahmad Shah Massoud bilan uchrashadi“.
Ahmad Shah Massoud vafotidan soʻng Shimoliy ittifoq faoliyati
tahrir2001-yil 9-sentabrda telejurnalist qiyofasida Shimoliy ittifoq rahbaridan intervyu olayotgan ikki xudkush terrorchi telekameraga oʻrnatilgan portlash qurilmasini ishga tushirishadi[3]. Hafta davomida jamiyatdan boʻlib oʻtgan voqealar tafsiloti batafsil ochiqlanmaydi, ittifoq rahbari atrofidagi odamlar, yuqori martabali diplomatlar, hattoki, uning yaqin qarindoshlari bir ovozdan afgʻon qoʻmondoni yarador boʻlgani, hayotiga hech qanday xavf yoʻqligi taʼkidlab kelishdi. Ammo bu maʼlumotlar tasdigʻini topmadi: Ahmad Shah Massoud olingan jarohatlardan vafot etgandi. 2001-yil 16-sentabrda u Panjsher darasida dafn etiladi.
44 yoshli general Mohammed Fahim (talaffuzi: Muhammad Fahim) Massoudning vorisiga aylanadi[4]. 13-sentabrda general Dushanbeda Afgʻonistondagi mavjud vaziyatni muhokama qilish uchun toʻplangan Eron, Rossiya, Hindiston, Tojikiston, Oʻzbekiston rasmiy shaxslariga tanishtiriladi. Mohammed Fahim Kobul universitetining teologiya fakultetini tugatgan, sovet armiyasiga qarshi kurashgan, 1992-yilda xavfsizlik vaziri etib tayinlangan, oxirgi vaqtlarda Ahmad Shah Massoudning maslahatchisi boʻlgan.
Tez orada Shimoliy ittifoqning hujumi, shuningdek, AQSh va uning ittifoqchilarining terrorchilikga qarshi operatsiyalari Afgʻonistonda toliblarning hokimiyati tugashi va „Maʼsudiston“ning barham topishiga sabab boʻldi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Northern Alliance“ (ingliz tilida). 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
- ↑ „Who are the Northern Alliance?“ (ingliz tilida) (2001-yil 13-noyabr). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
- ↑ Bearak, Barry. „Rebel Chief Who Fought The Taliban Is Buried“. The New York Times (2001-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
- ↑ „Afghanistan's Northern Alliance“ (ingliz tilida) (2001-yil 19-sentabr). 2021-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
- ↑ „AFGHANISTAN'S CIVIL WARS“ (ingliz tilida). 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.