Chingiziylar - Moʻgʻullar davlatining asoschisi va xoni (1206-yildan) Chingizxon nomidan kelib chiqqan, Osiyo va Sharqiy Yevropada hukmronlik qilgan sulola. Moʻgʻullar davlati hukmdorlari: Chingizxon (1206—27), Tulixon (1227—29), Oʻqgoy qoon (1229—42), Turakina xotun (1242—46), Kuyuk (Guyuk) qoon (1246—48), Munke (Mangu) qoon (125159), Xubilay (125994), Oʻljaytu — Temur qoon (1295— 1307), Xaysanqulug qoon (1307—11), Ayurbaribad — Buyantu qoon (1311—20), Shidebala — Gegen qoon (1320—23), Yesun — Temur qoon (1324—28), Xoʻshila qoon (1328), TugʻTemur qoon (1328— 32), Irijinbal qoon (1332), Toʻgʻon Temur (1333—70), Ayushiridor qoon (1370—78), Toʻkus Temur qoon (1378— 88). Joʻji ulusi (Oltin Oʻrda) hukmdorlari: Joʻji (1224—27), Botu (1227— 56), Berkaxon (1256—66), Mangu Temur (1266—?), Tuda Mangu (?), Toʻla bugʻa (?), Toʻxtaxon (1290—1312), Oʻzbekxon (1312—40), Jonibekxon (134057), Berdibekxon (135759), Navroʻz (1359— 60), Xizrxon (1360—61), Mardud (Murud)( 1361 — 63), Murodxoʻja (1363), Qutlugʻxoja (1364), Oʻrusxon (1364— 75), Toʻqtaqiya (1375), Temur Malik (137576), Toʻxtamishxon (137696), Temur Qutlugʻ (1396—99), Shodibek (1399-1407).

Iroq (Ozarbayjon, Fors, Xuroson, Kermon va Eronning Gʻarbi)da hukm surgan Ch. (hukmdorlar): Hulokuxon (125665), Abaqaxon (1265-82), Ahmadxon (1282 — 84), Argʻunxon (1284—91), Keyxotu (Gayxatu)xon (1291—95), Boyduxon (1295), Gʻozonxon (1295—1304), Oʻljaytuxon (1304— 16), Abu Saʼid Bahodirxon (1316— 35), Ariaxon (1335—36), Musoxon (1336), Sulton Muhammadxon (1336— 38), Tagʻoy Temurxon (1338; 1341—51), Sulaymonxon (1339—41).

Sharkda Oltoydan to gʻarbda Amudaryogacha, Gʻuljadan Samarkandu Buxorogacha boʻlgan hududda, asosan, Chingizxonning 2oʻgʻli Chigʻatoy naslidan boʻlgan (qarang Chigʻatoiylar) xonlar hukm surgan.

Adabiyot

tahrir
  • RashidadDin, Sbornik letopisey, t.2, M.L., 1960; Abulgoziy, Shajarayiturk, T., 1992; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996.