Mangu Temur O'zbekOltin Oʻrda xoni (126682). Otasi Toʻgʻon, Botuxonning 2-oʻgʻli boʻlgan. Uning davrida moʻgʻullar Vizantiya (taxminan 126971), Litva (1275), Kavkaz (1277) ga harbiy yurishlar qilishgan. Bu yurishlarda ayrim rus knyazlari ham ishtirok etishgan. M. T. rus cherkovining Oltin Oʻrdaga soliq toʻlashdan ozod etilgani haqida birinchi boʻlib yorliq bergan. M. T. davrida genuyaliklarning Qrimdagi savdo koloniyasi (manzilgohi) — Kafa vujudga kelgan hamda tumanboshi Noʻgʻayning mavqei oshgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil