Abdulmoʻminxon
Abdulmoʻminxon (7-1599) - Shayboniylardan. Abdullaxon IIning oʻgʻli. Balx va Badaxshon hokimi (1582– 98). Buxoroxoni (1598-1599). 1589 yildan ota-bola munosabatlari keskin yomonlashadi. Chunki, Abdullaxon II Hirotni safaviylardan qaytarib olgach, uni oʻz oʻgʻli qolib, Qulbobo Koʻkaldoshga inʼom qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari – Qulbobo Koʻkaldosh, Dinmuhammad sulton va boshqalarga yozma farmon joʻnatib, Abdulmoʻminxonga itoat etmaslikni va hatto biror qulay fursatdan foydalanib uni jisman yoʻq qilishni buyuradi. Shuningdek, u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qoʻllab-quvvatlab, uni Abdulmoʻminxonga qarshi urushga undaydi. Bundan dargʻazab boʻlgan. Abdulmoʻminxon 1597 yil kuzida otasiga qarshi bosh koʻtarib, Balx va Badaxshon qoʻshini bilan Amudaryo boʻyiga kelgan. Abdullaxon IIning qoʻshini Nasaf (Qarshi) atro-fida joylashgan. Abdullaxonga koʻmakka viloyat hokimlari, maye: Axsi va Andijon hokimi Oʻzbek sulton oʻz qoʻshinlarini yuborgan. Buxoro va Balx ulamolari aralashuvi bilan ota-bola oʻrtasidagi nizoga barham berilgan. Abdulmoʻminxon otasi vafot etgach, Buxoroga qaytib taxtni egallagan. U Eron safaviylari bilan Xuroson uchun kurashni davom ettirgan.
Abdulmoʻminxon. moʻgʻullar vayron qilgan Balx qalʼasini qayta qurdirgan, Balxdagi Xoja Abu Nasr Porso mozorida hashamatli koʻshk bunyod ettirgan.
AdabiyotTahrirlash
- Ahmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI–XVIII vv., T., 1985.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Shayboniylar sulolasi | ||||||||
|