Koʻlob
Koʻlob (toj. Кӯлоб; fors. کولاب) — Tojikiston Respublikasining janubidagi shahar (1934-yildan). Yax-suv (Panj havzasi) vodiysida, Dushanbedan 202 km. Hazratishoh tizmasi etagida. Dushanba bilan temir yoʻl va avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 98,5 ming kishi (2013-yillar oʻrtalari)[2].
Shahar
Koʻlob
toj. Кӯлоб
|
Ijtimoiy sohaTahrirlash
Akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavod, paxta tozalash, moy, sut zavodlari, goʻsht va non kombinatlari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Pedagogika instituti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Mirsaid Hamadoniy maqbarasi (14— 17-asrlar) mavjud.[3]
ManbalarTahrirlash
- ↑ Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан (01.01.2013). Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года. 2013-09-19.
- ↑ Российские военнослужащие в Таджикистане отработают высшую степень боеготовности
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
HavolalarTahrirlash
- Куляб, Таджикистан — Информация о туризме и истории
- Куляб – древний город. Город ремесленников и поэтов
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |