Buxoro otaligʻi (Buyuk otaliq[1]) (oʻzbekcha: Buxoro otalig'i, Otaliq[2].) Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi[3] davridan boshlab 1601-1753-yillardagi oliy mansab unvonidagi davlat amaldori.

Otaliq — boʻlajak xonning yoki shahzodalarning tarbiyachisi hisoblanib, soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „ota oʻrnini egallash“[4] maʼnosini bildiradi va anʼanaga koʻra ushbu unvon hurmatli va nufuzli kishilarga berilgan[5].

Ostonaqulbiy otaliq

Otaliq unvoni tarixi tahrir

Kavkaz xalqlari, keltlar, arablar va boshqalarda badavlat xonadon egalari tomonidan farzandlarini tarbiyalash alohida xizmatkorlar yollashgan. Farzand maʼlum yoshga yetganda oilasiga qaytgan; 2) Saljuqiylar davrida (1038—1194) sulton eʼtiborini qozongan kishilarga berilgan mansab. Oltin Oʻrdada (1224 — 1483-yillarda) taxt vorisini tarbiyalovchi oliy mansabdor shaxs sifatida otaliq unvoni ayniqsa hurmatli va nufuli shaxslarga berilgan.

Buxoro xonligidagi maqomi tahrir

Oʻzbek xonligida ham (1428 — 1468) otaliq unvoni mavjud boʻlgan. Abulxayirxonning nabirasi Shayboniyxon Movarounnahrni bosib olgandan keyin Shayboniylar davlatida ham ushbu unvon joriy qilingan.

Shayboniylar davrida maqomi tahrir

Buxoro xonligida Shayboniylar davrida (1500 — 1601) otaliq unvoni devonbegi va naqibdan keyingi uchinchi davlat lavozimi edi. Xonning viloyatlardagi siyosati bu lavozimga tayinlangan shaxslarning harakati va sodiqligiga bogʻliq edi. Xon viloyatlarga shahzodalarni hokim etib tayinlab, ularga oʻziga sodiq xalq orasidan ustoz — otaliqlarni biriktirib qoʻygan, shahzodalar voyaga yetgunga qadar davlat ishlarini boshqargan[6][7].XVI asrda otaliqning vazifasi faqat joylarda, viloyatlarda shahzodalar nomidan davlat ishlarini olib borishdangina iborat boʻlsa, Ashtarxoniylar davridga kelib uning roli yanada kuchaydi[8]

Ashtarxoniylar davridagi maqomi tahrir

Ashtarxoniylar davridagi Buxoro otaliqlari (1601 — 1753) siyosiy hokimyatda xondan keyingi ikkinchi oʻrinni egallagan. Kuchsiz xonlar davrida, baʼzan, hokimiyat otaliqlar qoʻlida toʻplangan edi.

XVII asr hujjatlarida Buxoroda otaliq birinchi vazir sifatida faoliyat yuritgan va rasmiy hokimyatdan birinchi oʻrinni egallagan[3]. Otaliq unvoniga tayinlanyotganda nomzodga faxriy chopon va ot hadya etilgan

XVIII asrda tuzilgan martabalar jadvaliga koʻra, Buxoro otaligʻi amirlikning sugʻorish ishlariga ham boshchilik qilgan: „U Buxoro daryosi (Zarafshon)ning Samarqanddan Qoraqumgacha boʻlgan qismiga rahbarlik qilgan“[9].

  • Abdulazizxon (1645 — 1680-yillar) davrida poytaxt — Buxoroda bu lavozimga Yalangtoʻsh Bahodir tayinlanadi[10].
  • Subxonqulixon (1680 — 1702-yillar) davrida otaliq eng muhim harbiy ishlarga rahbarlik qilgan, keyinchalik u "amirlar amiri" — „amir ul-umar“ga aylangan[11].
  • Abulfayzxon (1711 — 1747) davrida Muhammad Hakimbiy katta hokimiyatga ega edi. U xonning barcha oʻgʻillari otaliqlari orasida eng nufuzlisi sifatida eʼtirof etilgan[12].

Nodirshohning Oʻrta Osiyoga yurishi chogʻida Muhammad Hakimbiyga Buxoro xonligida katta vakolatlar berilgan, shundan soʻng u "amiri kabir" — „buyuk amir“ deb atala boshlagan. Buxoroda ikki tomonlama hokimiyat amalda oʻrnatilgan[13].

Balx viloyatidagi maqomi tahrir

Ashtarxoniylar davrida davlatning Buxoro shahridan keyin ikkinchi muhim shahri Balx shahri edi. Odatda Buxoro xonligining Balx viloyatidagi hokimi taxt vorisi hisoblanardi. Koʻpincha taxt vorisi juda yosh boʻlardi va unga davlatning eng yuqori martabadagi otaliq unga regent sifatida tayinlangan.

XVIII asr boshlarida Balx otaliqlari viloyatlardagi barcha hokimiyatni oʻz qoʻliga olib, jiddiy noroziliklar keltirib chiqarishgan. Buxoro xoni ular bilan jiddiy hisob-kitob qilishga, turli murosa va ziddiyatlarga borishga majbur boʻlgan[1]. "Tarixi Muqimxoniy" asarida bunday holatlar bir qancha keltirilgan. XVIII asr boshlarida Balx viloyatining maʼmuriy chegaralari Hirot viloyatidan Badaxshongacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga olgan[1]

Ashtarxoniylar Balx viloyatiga eng yirik maʼmuriy, harbiy va savdo markaz sifatida alohida eʼtibor qaratganlar, negaki Balx viloyati sharqda amalda mustaqil Badaxshon bilan chegaradosh, janubda esa Boburiylar Imperiyasiga tutashgan edi.[1]

Buxoro amirligidagi maqomi tahrir

1740-yildan boshlab Buxoro xonligidagi amaldagi hokimiyat oʻzbeklarning Mangʻit urugʻidan boʻlgan otaliqlar Muhammad Hakim-bey (1740 — 1743-yillar), Muhammad Rahimbiy (1745 — 1753-yillar) va Doniyolbiy (1758 — 1785-yillar) qoʻlida edi. Buxoro xonlari butunlay ularga qaram boʻlib chiqdi.

1785-yilda otaliq Doniyolbiy va amalda qoʻgʻirchoq xon Abulgʻoziy vafotidan soʻng uning toʻngʻich oʻgʻli Shohmurod (1785 — 1800) amir unvoni bilan mamlakatni boshqara boshladi. Keyinchalik, xonlikdan keyingi unvon hisoblangan otaliq martabasi XIX asrda oʻz ahamiyatini yoʻqotib, oʻrnini qoʻshbegi lavozimiga boʻshatib berdi.

1887-yilda Ostonaqulbiy eng oliy unvon — otaliq unvonini oldi. Buxoro amirlari davrida amirlikda Ostonaqulbiydan boshqa hech kimning otalik martabasi boʻlmagan[14].

Buxoro otaliqlari tahrir

Atalik Hayot yillari Otaliqlik davri
Yalangtush Bahodir 1578 — 1656-yillar 1626 — 1656-yillar
Mahmudbiy Maʼlum emas Maʼlum emas
Ibrohimbiy Maʼlum emas Maʼlum emas
Muhammad Rahimbiy Maʼlum emas Maʼlum emas
Xoja Quli-biy Maʼlum emas Maʼlum emas
Maʼsumbiy Maʼlum emas Maʼlum emas
Xudayorbiy Maʼlum emas 1712-1716-yillar
Farhodbiy Maʼlum emas 1716-1721-yillar
Muhammad Hakimbiy 1676-1743-yillar 1721-1743-yillar
Muhammad Rahimbiy 1713-1758-yillar 1745-1753-yillar
Xoʻjamar biy Maʼlum emas 1756-1758-yillar
Doniyolbiy 1720-1785-yillar 1758-1785-yillar
Shohmurod 1749-1800-yillar 1785-yil
Ostonaqulbiy ?—1906-yil 1887-1906-yillar

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Muxammed Yusuf Munshi. Mukim-xanskaya istoriya. Tashkent. AN UzSSR. 1956.
  2. Национальная Энциклопедия Узбекистана, буква "O" стр.270 на узбекском языке.
  3. 3,0 3,1 Trever K. V., Yakubovskiy A.Yu., Vorones M. E.: Istoriya narodov Uzbekistana, tom 2. Str. 78
  4. Trever K. V., Yakubovskiy A. Yu., Vorones M. E.: Istoriya narodov Uzbekistana, tom 2. Str. 78
  5. Znachenie slova Atalik v istoricheskom slovare
  6. Gosudarstvennoe upravlenie pri Sheybanidax v Buxarskom xanstve v XVI v.
  7. Gosudarstvennoe upravleniya pri Sheybanidax
  8. Glava 9. GOSUDARSTVO I PRAVO ShYeYBANIDOV. GOSUDARSTVYeNNOYe USTROYSTVO I PRAVO UZBYeKSKIX XANSTV. // Istoriya gosudarstva i prava / Pod red. N. P. Azizov, F. Muxitdinova, M. Xamidova i dr.. — Tashkent: Izdatelstvo Akademii MVD Respubliki Uzbekskistan, 2016. — S. 175. — 335 s.
  9. Buxarskiy traktat o chinax i zvaniyax. XVIII vek.
  10. Glava 9. GOSUDARSTVO I PRAVO ShYeYBANIDOV. GOSUDARSTVYeNNOYe USTROYSTVO I PRAVO UZBYeKSKIX XANSTV. // Istoriya gosudarstva i prava / Pod red. N. P. Azizov, F. Muxitdinova, M. Xamidova i dr.. — Tashkent: Izdatelstvo Akademii MVD Respubliki Uzbekskistan, 2016. — S. 175. — 335 s.
  11. Glava 9. GOSUDARSTVO I PRAVO ShYeYBANIDOV. GOSUDARSTVYeNNOYe USTROYSTVO I PRAVO UZBYeKSKIX XANSTV. // Istoriya gosudarstva i prava / Pod red. N. P. Azizov, F. Muxitdinova, M. Xamidova i dr.. — Tashkent: Izdatelstvo Akademii MVD Respubliki Uzbekskistan, 2016. — S. 175. — 335 s.
  12. Glava 9. GOSUDARSTVO I PRAVO ShYeYBANIDOV. GOSUDARSTVYeNNOYe USTROYSTVO I PRAVO UZBYeKSKIX XANSTV. // Istoriya gosudarstva i prava / Pod red. N. P. Azizov, F. Muxitdinova, M. Xamidova i dr.. — Tashkent: Izdatelstvo Akademii MVD Respubliki Uzbekskistan, 2016. — S. 175. — 335 s.
  13. Muxammed Vefa-yi Kerminegi. „Tuxfat-al-xoni“ (Tarix Raxim — xani) rkp. IV AN RU, № 16. — S. 39b—40a.
  14. A. G. Nedveskiy. Praviteli Buxari.

Adabiyotlar tahrir

  • Natsionalnaya ensiklopediya Uzbekistana (uzb.). — Tashkent, 2000—2005.
  • Buxarskiy traktat o chinax i zvaniyax. XVIII vek.
  • Trever K. V., Yakubovskiy A. Yu., Vorones M. E.: Istoriya narodov Uzbekistana, tom 2. — Tashkent: AN UzSSR, 1947. — 517 s.