Zomin – Zomin tumanidagi shahar va tumannning maʼmuriy markazi.

Zomin
shahar
39°57′47″N 68°23′38″E / 39.96306°N 68.39389°E / 39.96306; 68.39389 G OKoordinatalari: 39°57′47″N 68°23′38″E / 39.96306°N 68.39389°E / 39.96306; 68.39389 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Zomin tumani
Hukumat
Abdugʻaniyev Alisher Muhammadiyevich
Asos solingan 1986-yil
Aholisi
 (2016)
28 000
Vaqt mintaqasi UTC+5
Zomin xaritada
Zomin
Zomin

Geografik joylashuvi tahrir

 
Zomin tumani tabiat manzarasi

Viloyat markazi Jizzax shahridan 68 km. Zominsuv soyidan suv ichadi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Dashtobod (20 km).

Aholisi tahrir

Aholisi 30 ming kishi (2016). Zomin tarixiy shahar boʻlib, qadimda Sarsanda, Susanda, Sabza nomlari bilan ham yuritilgan. Uning asos solingan yili nomaʼlum. Lekin arab geograf sayyoh olimlari Ibn Havkal, Muqaddasiylar (Yu-a.)ning maʼlumotlariga koʻra, Zomin arablar kelmasdan oldin ham boʻlgan va Ustrushonada yirik shaharlardan hisoblangan. Shahar Zominsuvning har ikkala sohiliga joylashgan. 10-asrda Zomin yonida qadimiy, arablar kelgunga qadar boʻlgan eski shaharning harobalari saqlanganligi manbalarda qayd etilgan. Shahar yonida jome masjidi boʻlgan. Zominning Samarqand, Buxoro, Shosh (Toshkent) va Fargʻona vodiysi shaharlarini bogʻlovchi katta karvon yoʻlida joylashganligi uning ravnaqiga ijobiy taʼsir etgan. 15—17-asrlarda Zomin mustahkam qalʼadan iborat viloyat markazi edi. 1868-yili rus podsho hukumati qoʻshinlari tomonidan bosib olingunga qadar Buxoro amirligiga qarashli boʻlgan va vaqt oʻtishi bilan avvalgi mavqeini yoʻqotgan. Zominda avtokorxona, tuman qurilish boshqarmasi, mahalliy sanoat va milliy buyumlar ishlab chiqarish korxonalari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, yoʻl qurilish va taʼmirlash idorasi, madaniyat uyi, aloqa boʻlimi, umumiy taʼlim maktablari, kutubxonalar, tuman markaziy kasalxonasi, sanitariya epidemiologiya stansiyasi va xususiy dorixonalar bor. Zomin – Toshkent, Zomin – Jizzax, Zomin – Guliston yoʻnalishlarida avtobus qatnovlari boʻlgan, maʼlum vaqt oʻtib ular oʻrnini yengil avtomobillar egallagan[1].

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil