ZominsuvZomin tumanidagi soy. Yuqori oqimida Yettikechuv, Duoba qishlogʻi yaqinida Sanganaksoy, Zomin shaharchasi yaqinida Zominsuv deb ataladi. Turkiston tizma togʻining qariyb 2500 m balandlikdagi shim.-gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanuvchi Oʻriklisoy, Gal-diravoʻt, Yettikechuv va b. soylarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Zominsuv Sirdaryo Xovos — Jizzax temir yoʻlga yetmasdan Qoʻshtamgʻali qishlogʻidan 3,5 km jan, sharkda tugaydi. Uzunligi 58 km, havzasining mayd. 704 km2. Zominsuv koʻproq qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,83 m3/sek. (Duoba qishlogʻi yaqinida), eng katta suv sarfi 16,8 m3/sek (1969.28.05). Toʻlinsuv davri (apr. — avgust)da yillik sarfining 60—65% oqib oʻtadi, qishda baʼzan qurib qoladi. Eng sersuv oy — iyunda oʻrtacha suv sarfi 4,56 m3/sek ga teng. Zominsuvdan Zomin shaharchasi, Duoba, Yettikechuv, Qushchi va b. qishloqlar suv icha-di, ekin maydonlari sugʻoriladi.[1]

Zominsuv
Tavsif
Uzunligi 58
Suv sarfi 1,83 m³/s
Davlat Oʻzbekiston
Zomin shahridagi istirohat bog'idagi Zominsuv

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil