Abdulla I (15-asr oxiri – 1540.14.9, Samarqand) – Movarounnahr (Buxoro) xoni (1540 yil mart–sentabr). Abdulxayrning nevarasi, Koʻchkunchixonning oʻgʻli.
Abdulla I 1 koʻp yillar davomida Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan (taxminan 1514–40 yil mart). Ubaydullaxon vafot etgach (1540 yil mart), Buxoro xonligi qisqa muddat 3 qismga boʻlingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Abdulla I I Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Uning vafotidan soʻng samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdullatifxon oʻtirgan.