Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi

(Tojikiston ASSRdan yoʻnaltirildi)

Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (tojikcha: جمهوريت اجتماعی شوروى مختار تاجيكستان / Çumhūrijati Sūsiolistiji Şūraviji Muxtori Toçikston, ruscha: Таджикская Автономная Социалистическая Советская Республика) – OʻzSSR tarkibidagi avtonom sovet sotsialistik respublika.

Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
tojikcha: جمهوريت اجتماعی شوروى مختار تاجيكستان
Çumhūrijati Sūsiolistiji Şūraviji Muxtori Toçikston

Oʻzbekiston SSR va uning tarkibidagi Tojikiston ASSRning 1927-yilgi maʼmuriy-hududiy xaritasi
Oʻzbekiston SSR va uning tarkibidagi Tojikiston ASSRning 1927-yilgi maʼmuriy-hududiy xaritasi

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR (1923-1955)
Tegishli 1926—1931-yillar OʻzSSR bayrogʻi OʻzSSR
Tarkibida 8 ta viloyat
Maʼmuriy markazi Stalinobod
Yirik shahari Stalinobod
Boshqa yirik shaharlari Oʻratepa, Koʻlob, Panjakent
Asos solingan sanasi 1924-yil 14-oktyabr
Bekor qilingan sanasi 1929-yil 26-oktyabr
Rasmiy tillar Tojikcha, oʻzbekcha, ruscha
Aholi (1926) 827 200 kishi
Millatlar tarkibi Asosan tojiklar va oʻzbeklar, shuningdek Pomir xalqlari, qirgʻizlar, ruslar va boshqalar
Dinlar tarkibi Asosan musulmon (sunniy), shuningdek xristian, ismoiliylar, zardushtiylik
Maydoni 135 600 (1926)
143 100 (1929) km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 7495 m
Xaritada
Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xaritada

Tarixi tahrir

1924-yil 14-oktyabrda Turkiston ASSR va Buxoro SSRni boʻlish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng SSSR MIQ ikkinchi sessiyasi Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni amalga oshirish va Turkmaniston SSR, Oʻzbekiston SSR, OʻzSSR tarkibida Tojikiston ASSR, Qozogʻiston ASSR, RSFSR tarkibida Qoraqirgʻiz va Qoraqalpoq muxtor viloyatlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqladi. Quyidagi hududlar Tojikiston ASSR tarkibiga kiritildi – Dushanbe (Hisor), Qorategin (yoki Gʻarm, shu jumladan Darvoz va Vanj), Koʻlob, Qoʻrgʻontepa, Panjakent (jumladan, Falgar boʻlisi), Oʻratepa (jumladan Matchin boʻlisi) va Sariosiyo viloyatlari.

1925-yil 2-yanvarda Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kiruvchi Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati tashkil etildi. Tojikiston ASSRning umumiy hududi 135620 km², aholisi 739 503 kishi. Shu bilan birga, tojiklarning koʻp qismi Tojikiston ASSRdan tashqarida (birinchi navbatda OʻzSSRning Samarqand va Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Surxondaryo okrugida) qoldi[1].

1926-yil 1 dekabrda Dushanbe shahrida Tojikiston ASSR sovetlarining birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi, unda yer, suv, yer osti boyliklari va oʻrmonlarni milliylashtirish toʻgʻrisidagi deklaratsiya, Tojikiston ASSRni tashkil etish toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilindi, inqilobiy qoʻmita tugatilib, Tojikiston ASSR MIQ va Xalq Komissarlari Soveti tuzildi.

1929-yil 29-aprelda Tojikiston ASSR sovetlarining II qurultoyi respublika Konstitutsiyasini qabul qildi. 1929-yil 16-oktyabrda Tojikiston ASSR Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. 1929-yil 5-dekabrda Tojikiston SSR ittifoq respublika sifatida SSSR tarkibiga kiritildi[2].

Aholisi tahrir

SSSRning 1926-yilgi Butunittifoq aholi roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Tojikiston ASSR aholisi 827 ming 200 kishini tashkil qilgan. Milliy tarkibda tojiklar ustunlik qilgan – 617 125 kishi. Aholisi boʻyicha ikkinchi oʻrinni oʻzbeklar egallagan – 175 627 kishi. Undan keyin qoraqirgʻizlar (hozirgi qirgʻizlar) – 11410 va ruslar – 5600. Respublikada oz sonli turkmanlar, qozoqlar, tatarlar va ukrainlar ham yashagan[3].

Maʼmuriy boʻlinishi tahrir

Tojikiston ASSRda Buxoro XSRdagi kabi maʼmuriy boʻlinish joriy qilingan. U 8 viloyatga, har bir viloyat tumanlarga (Tojikiston ASSRda jami 35 ta), Oʻzbek yoki Turkiston respublikalari boʻlislarga boʻlingan. Tuman kentlarga (qishloq jamoalariga) boʻlingan. Sobiq Samarqand va Xoʻjand uezdlari boʻlislari oʻzgarishsiz qoldirilgan[4].

Panjakent viloyati tahrir

 
Tojikiston ASSRning maʼmuriy boʻlinishi

Maydoni taxminan 8150 kv. vyorst. Markazi – Panjakent (taxminan 3140 kishi (1920)). Oltita tumanga boʻlinadi: Panjakent, Aftobruin, Iskandarov, Qishtut, Margʻiyona-Farob, Falgar.

Oʻratepa viloyati tahrir

Maydoni taxminan 5250 kv. vyorst. Markazi – Oʻratepa (taxminan 13000 kishi (1923)). Oltita tumanga boʻlinadi: Oʻratepa, Ganchin, Bosmandin, Shahriston, Dolyon, Matchin.

Dushanbe viloyati tahrir

Maydoni taxminan 10 000 kv. vyorst. Markazi – Dushanbe, Tojikiston ASSR poytaxti. Viloyat tarkibiga sobiq Hisor va Baljuvon bekliklari kirgan. Beshta tumanga boʻlinadi: Dushanbe, Yovon, Yangibozor, Fayzobod, Hisor.

Sariosiyo viloyati tahrir

Maydoni taxminan 1100 kv. vyorst. Markazi – belgilanmagan (1925-yil holatida). Viloyat tarkibiga Regar va Qoratogʻ tumanlari kirgan. Ikkita tumanga boʻlinadi: Sariosiyo va Qoratogʻ.

Qoʻrgʻontepa viloyati tahrir

Maydoni taxminan 8300 kv. vyorst. Markazi – Jillikoʻl qishlogʻi. Viloyat tarkibiga sobiq Qubodiyon va Qoʻrgʻontepa bekliklari kirgan. Toʻrtta tumanga boʻlinadi: Qoʻrgʻontepa, Saroy-Qamar, Qubodiyon, Jillikoʻl.

Gʻarm viloyati tahrir

Maydoni taxminan 26 800 kv. vyorst. Markazi – Gʻarm. Viloyat tarkibiga sobiq Qorategin va Darvoz bekliklari kirgan. Oltita tumanga boʻlinadi: Gʻarm, Qal’ayi labi ob, Obigʻarm, Darvoz, Xoda, Vang.

Koʻlob viloyati tahrir

Maydoni taxminan 10 600 kv. vyorst. Markazi – Koʻlob. Viloyat tarkibiga sobiq Baljuvon va Koʻlob bekliklari kirgan. Toʻrtta tumanga boʻlinadi: Koʻlob, Moʻminobod, Xovaling, Baljuvon.

Togʻli-Badaxshon viloyati tahrir

Maydoni taxminan 50 000 kv. vyorst. Markazi – Xorugʻ posti. Viloyat tarkibiga sobiq Rushon, Shugʻnon bekliklari hamda Ishkashim va Sharqiy Pomir tumanlari kirgan. Oltita tumanga boʻlinadi: Pomir, Vaxang, Ishkashim, Shugʻnon, Bartang, Rushon.

Davlat belgilari tahrir

Bayrogʻi tahrir

Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi MIQ Prezidiumining 1929-yil 23-fevraldagi qaroriga muvofiq Tojikiston ASSR davlat bayrogʻi tasdiqlangan. Bayroq qizil rangda boʻlib, uning yuqori chap burchagida Tojikiston ASSR davlat gerbi tasvirlangan.

 
 
Tojikiston ASSRning 1924—1929-yillardagi bayrogʻi Tojikiston ASSRning 1929-yildagi bayrogʻi

Gerbi tahrir

Tojikiston ASSR davlat gerbi oltin dosa (tojik oʻrogʻi) va bolgʻadan iborat boʻlib, tutqichlari pastga qarab koʻndalang qilib qoʻyilgan va oltin quyosh nurlari ostida joylashgan, toʻq sariq fonda oʻng tomondan bugʻdoy boshoqlari gulchambari, chap tomondan ochiq koʻsakli paxta poyasi bilan oʻralgan. Pastki qismida rus tilida: „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ degan yozuv bor. Yuqori qismida tojik tilida arab-fors yozuvlari bilan: „پرالتارهای همۀ جهان یک شوید“ („Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“) degan yozuv bor.

Tojikiston ASSR gerbining ikkinchi varianti quyidagicha tasvirlangan: Tojikiston ASSR davlat gerbi dosa (tojik oʻrogʻi) va oltin rangdagi bolgʻadan iborat boʻlib, u besh qirrali yulduz ichida joylashgan. Yulduzning yuqori qismida koʻk rangli osmonda qor bilan qoplangan togʻlar ortidan oltin quyoshning oltin nurlari koʻtariladi. Yulduzning orqa fonida oʻng tomonda bugʻdoy boshoqlari, chap tomonda ochilgan paxta novdasi joylashgan. Bugʻdoy va paxtaning pastki qismda birlashgan joyida qizil lenta bogʻlangan. Yulduz ostida rus tilida „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ degan yozuv bor. Yulduz tepasida tojik tilida arab-fors yozuvi va lotin grafigidagi tojik yozuvida: „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ degan yozuv bor. Gerbning ichki dizayni shoxlari yuqoriga qaragan holda yarim oy shaklidagi zarhal lenta bilan oʻralgan. Ushbu lentada uchta yozuv birin-ketin joylashgan: arab-fors yozuvida, lotin grafigidagi tojik yozuvida va rus tilida: „Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi“. Bu uchta yozuv ham yarim oy shaklidagi oltin lentada yarim doira shaklida joylashtirilgan.

 
 
Tojikiston ASSRning 1924—1929-yillardagi gerbi Tojikiston ASSRning 1929-yildagi gerbi

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Saʼdiev Sh. S. Istoriya tadjikskogo naroda. Kratkiy kurs leksiy. – Dushanbe, 2012, s. 99
  2. „Постановление ЦИК СССР от 5 декабря 1929 г. «О непосредственном вхождении в состав Союза ССР Таджикской союзной республики» // Собрание законов и распоряжений Рабоче-Крестьянского Правительства Союза Советских Социалистических Республик. — № 75. — 21.12.1929. — С. 1414—1415.“. 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
  3. „Всесоюзная перепись населения 1926 года“. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-mart.
  4. Панков А. В. Положение, границы, состав и административное деление Таджикистана // Таджикистан : Сборник статей под ред. Н. Л. Корженевского. — Ташкент: Общество для изучения Таджикистана и иранских народностей за его пределами, 1925. — Andoza:Бсокр.

Havolalar tahrir