Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Tojikiston SSR (tojikcha: Республикаи Советии Социалистии Тоҷикистон; ruscha: Таджикская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Tojikistoni deb yuritiladi.
Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi | ||||||||||
Таджикская Советская Социалистическая Республика Республикаи Советии Социалистии Тоҷикистон | ||||||||||
Sovet Ittifoqi respublikasi (1929–91) | ||||||||||
| ||||||||||
Shior Proletarhoi hamai mamlakatho, yak shaved! (Tojikcha) Proletarhoi hamai mamlakatho, yak shaved! (transliteratsiya ) „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ | ||||||||||
Madhiya Gimni Respublikai Sovetii Sotsialistii Toҷikiston Gimni Respublikai Sovetiji Sotsialistiji Toçikiston „Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“ | ||||||||||
Tojikiston SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
| ||||||||||
Poytaxti | Dushanbea | |||||||||
Til(lar)i | Rasmiy tillar: Tojik • Rus Ozchiliklar tillari: Oʻzbek | |||||||||
Etnoxoronimi | Tojik Sovet | |||||||||
Hukumati | Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1929-1953) Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1953-1990) Unitar prezidentlik respublika (1990-1991) | |||||||||
Birinchi kotib | ||||||||||
• | 1929—1933 | Mirza Davud Huseynov | ||||||||
• | 1985—1991 | Qahhor Mahkamov | ||||||||
Hukumat boshchisi | ||||||||||
• | 1929-1933 | Abdurrahim Hojibayev | ||||||||
• | 1986-1991 | Izatullo Xayoyev | ||||||||
Tarixi | XX asr | |||||||||
• | Ittifoqdosh respublika eʼlon qilingan | 5-dekabr 1929 | ||||||||
• | Nomi qabul qilingan | 5-dekabr 1936-yil | ||||||||
• | Dushanbedagi milliy nizo | 12-fevral 1990-yil | ||||||||
• | Suverenitet eʼlon qilingan | 24-avgust 1990-yil | ||||||||
• | Tojikiston Respublikasi deb qayta nomlangan | 31-avgust 1991-yil | ||||||||
• | Mustaqillik eʼlon qilingan | 9-sentabr 1991-yil | ||||||||
• | Mustaqillik tan olingan | 26-dekabr 1991 | ||||||||
Maydoni | ||||||||||
• | 1989-yil | 143100 km² | ||||||||
Aholisi | ||||||||||
• | 1989-yil (tax.) | 5 112 000 | ||||||||
Zichlik | 35.723270440252 km² | |||||||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | |||||||||
Telefon kodi | +7 377/379 | |||||||||
| ||||||||||
a. | 1929-1961-yillar oraligʻida Stalinobod deb nomlangan. |
1924-yil 14-oktabrda milliy davlat chegaralanishi natijasida Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan. Avtonom respublika 1929-yil 16-oktabrda Tojikiston SSRga aylantirilgan. Tojikiston SSR 1929-yil 5-dekabrda Sovet Ittifoqi tarkibiga toʻliq ittifoqdosh respublika sifatida kirgan.
Tojikiston SSR poytaxti Dushanbe shahri boʻlgan. Respublika 45 rayonga boʻlingan, 19 shahar, 49 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
1990-yilning 24-avgustida Tojikiston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yil 31-avgust kuni respublika nomi Tojikiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1991-yilning 9-sentabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Tojikiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
TarixiTahrirlash
Tojikiston SSR hududida sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida paydo boʻlgan. 6-4-asrlarda Axomaniylar davlati, soʻngra makedoniyalik Iskandar qoʻl ostida boʻlgan. Tojikiston SSR 9-10-asrlarda Tohiriylar va Somoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan kezlarda tojik elati tarkib topa boshlagan. 10-13-asrlarda Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan. 14-asrning 2-yarmidan Tojikiston SSR Temuriylar davlati, 16-asrdan Buxoro xonligi qoʻl ostida boʻlgan.
1868-yili Tojikiston SSRning shimoliy qismini Rossiya egallab olgan, janubiy qismi esa Rossiyaga vassal qaramlikdagi Buxoro xonligi tarkibida qolgan.
20-asr boshida ilk sotsialist-demokratik toʻgaraklar paydo boʻlgan. Tojikiston SSR shimolida Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr — 1918-yil fevralida oʻrnatilib, hududi Turkiston ASSR tarkibida boʻlgan. Buxorodagi Xalq inqilobidan keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan.
1924-yil 14-oktabrda milliy davlat chegaralanishi natijasida Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan. Avtonom respublika 1929-yil 16-oktabrda Tojikiston SSRga aylantirilgan. Tojikiston SSR 1929-yil 5-dekabrda Sovet Ittifoqi tarkibiga toʻliq ittifoqdosh respublika sifatida kirgan.
1990-yilning 24-avgustida Tojikiston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yil 31-avgust kuni respublika nomi Tojikiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1991-yilning 9-sentabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Tojikiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ "Tojikiston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 274. 5-89890-018-7.
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida turkum mavjud |