Xorugʻ
Xorugʻ — Tojikiston Respublikasi Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatidagi shahar (1932-yildan), viloyat markazi. Pomirning janubi-gʻarbida (2200 m balandlikda), Gʻunt daryosining har ikkala sohilida (Gʻuntning Panj daryosiga quyilish joyida). Aholisi 29 ming kishi (2013), asosan, pomirlik tojiklar, shuningdek, oʻzbeklar, ruslar, tatarlar, qirgʻizlar, ukrainlar va boshqa millat vakillari ham yashaydi.
shahar | |
![]() | |
37°29′30″N 71°33′27″E / 37.49167°N 71.55750°E G OKoordinatalari: 37°29′30″N 71°33′27″E / 37.49167°N 71.55750°E G O | |
Mamlakat | Tojikiston |
viloyat | Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati |
Qachondan beri shahar | 1932 |
Markazi balandligi | 2200 m |
Rasmiy til(lar)i | Tojik tili|tojikcha |
Aholisi (2013) |
29 ming[1] |
Milliy tarkib | pomir xalqlari |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +992 35222 |
Pochta indeks(lar)i | 736000 |
Avtomobil kodi | 04РТ |
|
SanoatiTahrirlash
Xorugʻda goʻsh-tsut kombinati, temir-beton konstruksiyalar, non zavodlari, tikuvchilik fabrikasi, avtomobil taʼmirlash korxonalari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, GES va boshqalar faoliyat yuritmoqda. Avtomobil trakti orqali Dushanbe va Oʻsh shaharlari bilan bogʻlangan. 1999-yildan boshlab Xorugʻ — Qalʼai Xumb — Koʻlob, shuningdek, Xorugʻ — Kulma orqali Xitoy hududiga chiquvchi magistral yoʻllari qurilmoqda[2].
Ijtimoiy sohaTahrirlash
Xorugʻda universitet, 12 umumiy taʼlim maktabi, tibbiyot bilim yurti, hunar-texnika bilim yurtlari, musiqa maktabi, drama teatri, madaniyat uylari, oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud. 1977-yildan Pomir regioni uchun "Orbita" televizion styasi ishlab turibdi. Shaharda Tojikiston Fanlar Akademiyasining Biologiya instituti (shahar chekkasida institutning Botanika bogʻi) joylashgan. Xorugʻ 1925-yilda qishloq sifatida vujudga kelgan. 1932-yildan Togʻli Badaxshon muxtor viloyatining markazi.
GaleriyaTahrirlash
ManbalarTahrirlash
- ↑ Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (1-yanvar 2013-yil). 21-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-sentabr 2013-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-09-21).
- ↑ „Government Forces Clash with Guerrillas in Tajikistan“. Satrapia (24-jul 2012-yil). Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.
HavolalarTahrirlash
- Gorgâni, Tirdâd (May 2005)."Welcome to Xoroq (Khorogh)" (web archive, 1-avgust 2008-yil).
- Tourist Information Office in Khorog Pamirs Tourism Association
- A great homepage on the Tajik Pamirs
- [1] Airport of Khorugh.
- A Bird's Eye View of Khorog
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |