SSSR Markaziy ijroiya qoʻmitasi

SSSR Markaziy ijroiya qoʻmitasi (yoki SSSR Markaziy ijroiya komiteti; ruscha: Центральный исполнительный комитет СССР; qisqartmasi: SSSR MIQ, SSSR MIK; ruscha: ЦИК СССР) — Butunittifoq Sovetlar syezdlari tomonidan 1922–1938-yillarda tuzilgan SSSR oliy davlat hokimiyati organi.

Sovet sotsialistik respublikalar ittifoqi Markaziy ijroiya qoʻmitasi
ruscha: Центральный исполнительный комитет Союза Советских Социалистических Республик
Qisqartma SSSR MIQ
Maqomi tugatilgan
Ishga tushgan sanasi 1922-yil
Tugatilgan 1938-yil
Tugatilish sababi 1936-yilgi SSSR konstitutsiyasi
Til(lar)i ruscha

Koordinatalari: 55.750°0′0″N 37.616°0′0″E / 55.75000°N 37.61600°E / 55.75000; 37.61600 G O

SSSR MIQ sessiyalar oraligʻida SSSRning oliy boshqaruv organi hisoblangan Prezidiumni va ittifoqdosh respublikalar soniga koʻra MIQ hamraislarini tayinlagan. SSSR MIQning navbatdagi sessiyalari yiliga uch marta, navbatdan tashqarilari esa ittifoqdosh respublikalardan birining Markaziy ijroiya qoʻmitasi yoki Xalq deputatlari soveti talabiga asosan SSSR MIQ Prezidiumi qarori bilan chaqirilgan. 1922-yildan to 1937-yilgacha 8 marta Sovetlar syezdi va 24 marta MIQ sessiyalari boʻlib oʻtgan. Ular 1 kundan 12 kungacha davom etgan. SSSR MIQning sessiyalari asosan Moskvada oʻtkazilgan, faqat 1 ta sessiya Leningradda va yana 1 ta sessiya Tiflisda boʻlib oʻtgan[1].

SSSR MIQni SSSR Xalq komissarlari soveti va SSSR Oliy sudi tuzgan. SSSR MIQ Butunittifoq Sovetlar syezdida hisobot bergan.

SSSRning 1936-yilgi konstitutsiyasiga muvofiq Butunittifoq sovetlar syezdi va markaziy ijroiya qoʻmita oʻrniga mamlakatning oliy boshqaruv organi sifatida SSSR Oliy Soveti ish boshladi (1938-yildan).

MIQ strukturasi tahrir

1924-yilgacha SSSR MIQ SSSR tashkil etilishi toʻgʻrisidagi shartnomaning 6-moddasiga koʻra bir palatali organ hisoblangan. MIQdan 371 nafar ittifoqdosh respublikalar vakillari oʻrin egallagan. MIQ Prezidiumiga 19 nafar MIQ aʼzosi saylangan.

1924-yilgi konstitutsiyaga muvofiq SSSR MIQ ikki palatadan tashkil topgan, bular: Ittifoq Soveti va Millatlar Sovetidir. MIQ Prezidiumiga 21 kishi saylangan boʻlib, u MIQ hamraislari, Ittifoq soveti Prezidiumlari va Millatlar soveti aʼzolaridan tarkib topgan.

MIQ rahbarlari tahrir

SSSR MIQ raislari (tepa qator, chapdan oʻngga): Mixail Kalinin, Grigoriy Petrovskiy, Aleksandr Chervyakov; (pastki qator, chapdan oʻngga) Narimon Narimonov, Gazanfar Musabekov, Fayzulla Xoʻjayev

MIQ Raislari tahrir

RSFSRdan

Ukraina SSRdan

Belorussiya SSRdan

ZSFSRdan

Turkmaniston SSRdan

Oʻzbekiston SSRdan

Tojikiston SSRdan

MIQ Prezidiumi kotiblari tahrir

Ittifoqdosh respublikalarning MIQlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Высшие органы государственной власти СССР“ (deadlink). "Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898 - 1991". knowbysight.info. 2017-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.