Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Belorussiya SSR (belaruscha: Беларуская Савецкая Сацыялiстычная Рэспубліка; ruscha: Белорусская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1920–1922-yillarda mavjud boʻlgan, 1922-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi tarkibidagi oʻn besh respublikaning biri boʻlgan. 1990-yildan 1991-yilgacha oʻz qonunchiligiga ega boʻlgan. Respublikani Belorussiya Kommunistik partiyasi boshqargan. Ayrim manbalarda Sovet Belorussiyasi deb yuritiladi.
Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi | ||||||||||||||||||
Белорусская Советская Социалистическая Республика Беларуская Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка | ||||||||||||||||||
Sovet Ittifoqi respublikasi (1922–1991) | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
Shior Пралетарыі ўсіх краін, яднайцеся! (Beloruscha) Pralietaryi ŭsich krain, jadnajciesia! (transliteratsiya) „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ | ||||||||||||||||||
Madhiya Дзяржаўны гімн Беларускай Савецкай Сацыялістычнай Рэспублікі Dziaržaŭny himn Bielaruskaj Savieckaj Sacyjalistyčnaj Respubliki „Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“ (1955-91) | ||||||||||||||||||
![]() Belorussiya SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
| ||||||||||||||||||
Poytaxti | Minsk | |||||||||||||||||
Til(lar)i | Rasmiy tillar: Belorus · Rus Ozchiliklar tillari: Polyak · Ukrain · Idish[1] | |||||||||||||||||
Etnoxoronimi | Belorus Sovet | |||||||||||||||||
Hukumati | Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1920–1927; 1953–1990) Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1927–1953) Unitar parlamentar respublika (1990–1991) | |||||||||||||||||
Birinchi kotib | ||||||||||||||||||
• | 1920–1923 (ilk) | Vilgelm Knorinsh | ||||||||||||||||
• | 1990–1991 (soʻnggi) | Anatoĺ Malafiejeŭ | ||||||||||||||||
Bosh vazir | ||||||||||||||||||
• | 1920–1924 (ilk) | Aleksander Chervyakov | ||||||||||||||||
• | 1990–1991 (soʻnggi) | Vyachaslau Kebich | ||||||||||||||||
Prezident | ||||||||||||||||||
• | 1920–1937 (ilk) | Aleksander Chervyakov | ||||||||||||||||
• | 1990–1991 (soʻnggi) | Mikalay Dzyemyansyey | ||||||||||||||||
Boshqaruv tizimi | Sovetlar Kongressi (1920–1938) Oliy Kengash (1938–1991) | |||||||||||||||||
Tarixi | XX asr | |||||||||||||||||
• | Respublika eʼlon qilingan | 1-yanvar 1919-yil | ||||||||||||||||
• | Sovet respublikasi eʼlon qilingan | 31-iyul 1920-yil | ||||||||||||||||
• | Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan | 30-dekabr 1922-yil | ||||||||||||||||
• | Gʻarbiy Belorussiya anneksiya qilib olingan | 15-noyabr 1939-yil | ||||||||||||||||
• | Suverenitet eʼlon qilingan | 27-iyul 1990-yil | ||||||||||||||||
• | Mustaqillik eʼlon qilingan | 25-avgust 1991-yil | ||||||||||||||||
• | Mustaqillik yakunlangan | 26-dekabr 1991-yil | ||||||||||||||||
Maydoni | ||||||||||||||||||
• | 1989-yil | 207600 km² | ||||||||||||||||
Aholisi | ||||||||||||||||||
• | 1989-yil (tax.) | 10 199 709 | ||||||||||||||||
Zichlik | 49.131546242775 km² | |||||||||||||||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | |||||||||||||||||
Telefon kodi | +7 015/016/017/02 | |||||||||||||||||
|
1918-yilning 19-martida Belorussiya Demokratik Respublikasi mustaqillik eʼlon qilgan. 1919-yilning 1-yanvar kuni bolsheviklar tomonidan Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi (belaruscha: Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка Беларусь; ruscha: Социалистическая Советская Республика Белоруссия) tashkil etilgan. 1922-yilda Belorussiya SSR Ukraina SSR, Zakavkazye SFSR va Rossiya RSFSR bilan bir qatorda Sovet Ittifoqining ilk toʻrt aʼzosidan biriga aylangan. Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasi Belorussiyani ishgʻol qilgan.
Belorussiya SSR poytaxti Minsk shahri boʻlgan. Respublika 6 viloyat, 117 rayonga boʻlingan, 96 shahar, 111 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[3]
Sovet Ittifoqining soʻnggi yillarida, 1990-yil 27-iyulda Belorussiya SSR Oliy Soveti davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi. 1991-yil 15-avgustda Stanislav Sushkiyevich mamlakatning birinchi prezidenti etib saylandi. Oʻn kundan keyin, 1991-yil 25-avgustda Belorussiya SSR oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va davlat nomi Belorussiya Respublikasiga oʻzgartirildi. Oradan toʻrt oyu bir kun oʻtib, 1991-yil 26-dekabrda Sovet Ittifoqi tarqatib yuborildi.
Tarixi Tahrirlash
Belorussiyada sinfiy jamiyat 1-ming yillikda vujudga kelgan. 10–12-asr boshida Kiyev Rusi tarkibida Polotsk, Turovo-Minsk va boshqa feodal knyazliklari tashkil topgan. 13–14-asrlarda Belorussiya yerlari Litva Buyuk Knyazligi, 1569-yildan Rech Pospolita tarkibida boʻlgan. 16-asrda belorus xalqi toʻla tarkib topgan. 18-asr oxirida Belorussiya yerlari Rossiya bilan qoʻshilgan.
1861-yilgi dehqonlar islohoti kapitalizm taraqqiyotini tezlashtirgan. 1863–1864-yillarda belorus xalqi Polsha milliy ozodlik qoʻzgʻolonida qatnashgan. 19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar, 1904-yilda Polese va Shimoli-gʻarbiy qoʻmitalar, 1906-yili RSDRP Litva va Belorussiya viloyati ittifoqi tuzilgan. 1917-yil noyabrda Belorussiyada Sovet hokimiyati oʻrnatilgan.
1918-yilning 19-martida Belorussiya Demokratik Respublikasi mustaqillik eʼlon qilgan. Oʻsha yili fevral-noyabr oylarida Belorussiya hududining koʻp qismini Germaniya qoʻshinlari bosib olgan.
1919-yilning 1-yanvar kuni bolsheviklar tomonidan Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi (belaruscha: Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка Беларусь; ruscha: Социалистическая Советская Республика Белоруссия) tashkil etilgan. Gʻarbiy Belorussiya 1921-yilgi Riga tinchlik shartnomasiga koʻra Polshaga oʻtgan.
1922-yilda Belorussiya SSR Ukraina SSR, Zakavkazye SFSR va Rossiya RSFSR bilan bir qatorda Sovet Ittifoqining ilk toʻrt aʼzosidan biriga aylangan. 1939-yil noyabrda Gʻarbiy Belorussiya Belorussiya SSR bilan qayta qoʻshilgan.
1941-yili Belorussiyani nemis-fashist qoʻshinlari bosib olgan. 1944-yili iyulda Belorussiyani sovet qoʻshinlari qaytadan bosib olgan.
Sovet Ittifoqining soʻnggi yillarida, 1990-yil 27-iyulda Belorussiya SSR Oliy Soveti davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi. 1991-yil 15-avgustda Stanislav Sushkiyevich mamlakatning birinchi prezidenti etib saylandi. Oʻn kundan keyin, 1991-yil 25-avgustda Belorussiya SSR oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va davlat nomi Belorussiya Respublikasiga oʻzgartirildi. Oradan toʻrt oy-u bir kun oʻtib, 1991-yil 26-dekabrda Sovet Ittifoqi tarqatib yuborildi.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ In interwar Soviet Belarus, between 1924 and 1938, four languages were official, namely, Belarusian, Polish, Russian and Yiddish (See: Кожинова, Алла Андреевна. 2017. Языки и графические системы Беларуси в периодот Октябрьской революции до Второй мировой войны (pp 133-156). Studi Slavistici. Vol 14. http://www.fupress.net/index.php/ss/article/download/21942/20141Wayback Machine saytida arxivlandi (2018-05-11). Wayback Machine saytida arxivlandi (2018-05-11).)
- ↑ Note: Some parts, e.g., Švenčionys, Šalčininkai, Dieveniškės, Adutiškis, Druskininkai, were annexed in 1939 from Poland to Byelorussia, but passed to Lithuania in 1940
- ↑ "Belorussiya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 91. 5-89890-002-0.
Havolalar Tahrirlash
Vikiomborda Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida turkum mavjud |