Uchinchi reyx yoki Natsistik Olmoniya (nemischa: Drittes Reich , „uchinchi imperiya“) – 1933 yilning 24 martdan 1945 yil 23 maygacha Olmoniyaning norasmiy nomi. Bir qator tarixchilar Olmoniya kapitulyatsiya eʼlon qilgan kun – 8 mayni Uchinchi reyxning qulashi bilan adashtiradilar. Rasman u 23 mayda, Karl Dyonits boshchiligidagi Flensburg hokimiyati hibsga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatgan. Shuningdek, ushbu davlatning fashistik Olmoniya, Mingyillik reyx kabi norasmiy nomlari ham mavjud.

Olmon Reyxi
(1933-1943)

Buyuk Olmon Reyxi
(1943-1945)
nemischa: Deutsches Reich
nemischa: Großdeutsches Reich

Tarixiy Davlat


28 Fevral 1933 — 23 May 1945



 

 

 

Bayroq Gerb
Shiori
"Bir xalq, bir Reyx, bir Fyurer"
nemischa: Ein Volk, ein Reich, ein Führer
Madhiya
Horst Vesselning Qoʻshigʻi

Ikkinchi Jahon urushi davrida Germaniya hududiy nazorat (kech 1942):

    Germaniya va General-Gubernatorlik
    Reyxskomissariatlar
   Harbiy maʼmuriyatlar

Poytaxti Berlin
Yirik shaharlari Berlin, Nyurnberg, Munhen, Drezden, Gamburg, Vena
Til(lar)i Nemis tili
Dini Dunyoviy davlat
Maydoni 633 786 km² (1938)

823 505 km² (1940/41)

Aholisi 79 375 281 (1939)

109 518 183 (1940)

Boshqaruv shakli Totalitar davlat, diktatura
Reyxsprezident
 - 1925–1934 Paul fon Gindenburg
 - 1934–1945 Adolf Hitler
 - 1945 Karl Dyonits
Reyxskantsler
 - 1933–1945 Adolf Hitler
 - 1945 Joseph Goebbels
 - 1945 Lyudvig Shverin fon Kryozig
Tarix
 -  30 yanvar 1933 Natsistlarning hokimiyatga kelishi
 -  23 mart 1933 Favqulodda kuchlar to'g'risidagi qonun
 -  12 mart 1938 Avstriya Anshlyusi
 -  1 sentyabr 1939 Polshani bosib olish
 -  10 May 1940 Fransiya kampaniyasi
 -  22-iyun 1941 Sovet Ittifoqiga hujum
 -  30 aprel 1945 Adolf Gitlerning o'z joniga qasd qilishi
 -  2 May 1945 Berlinning Qulashi
 -  8 may 1945 Germaniyaning taslim bo'lishi
Germaniya Demokratik Respublikasi
Germaniya Federativ Respublikasi (1949—1990)
Avstriya
Olmoniya tarixi
* Olmon qabilalari
* Buyuk Koʻchish
* Muqaddas Rim imperiyasi
* Olmon ittifoqi
* Shimoliy Olmon Ittifoqi
* Olmon Imperiyasi
* Veymar Respublikasi
* Uchinchi Reyx
* GDR
* GFR (1990 gacha)
* Birlashgan Olmoniya

Veymar Respublikasini almashtirish uchun hokimiyat tepasiga Adolf Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik partiya keldi. Gitler Uchinchi reyxning faoliyatidagi amaldagi yagona reyxskantsleri boʻlgan.

Termin „uch podsholik“ haqidagi oʻrtaasrlarning mistik taʼlimotidan olingan. Ushbu taʼlimot nemis milliy adabiyotida keng qoʻllangan. Birinchi imperiya oʻrta asrlarda hukm surgan olmon xalqlarining Muqaddas Rim imperiyasi hisoblangan. Uning asoschisi Otton I boʻlgan va u 1806 yilga qadar hukm surgan. Ikkinchi imperiya 1871 yilda asos solingan va 1918 yilda amaliy jihatdan (yuridik jihatdan emas) tugatilgan. Uchinchisi yangilangan, Birinchi Jahon urushidagi magʻlubiyatdan keyin ruhi koʻtarilgan va revolyutsiyalardan hosil boʻlgan yangi milliy Olmoniya boʻlishi kerak edi va u ming yil yashashi kerak edi. Natsistlar terminni oʻng kayfiyatdagi mashhur publitsist Meleren van den Bruk tomonidan nashr etilgan „Uchinchi reyx“ kitobidan bevosita olishgan edi.

Saytlar

tahrir