Gebbels Yozef Paul (1897.29.10 — 1945.01.05) —1933-yildan fashistlar Germaniyasi targʻibot idorasining boshligʻi. Irqchilik, zoʻravonlik va bosqinchilik urushlarining gʻoyaviy rahnamosi. 1944-yilda yoppasiga harbiy safarbarlik boʻyicha imperiya vakili qilib tayinlangan. Germaniya taslim boʻlishi arafasida oʻzini-oʻzi oʻldirgan. Nyurnberg xalqaro sud jarayonida asosiy natsist harbiy jinoyatchilaridan biri deb topilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil