Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi
Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi, Zakavkazye SFSR (armancha: Անդրկովկասի Խորհրդային Սոցիալիստական Դաշնային (Ֆեդերատիվ) Հանրապետություն; ozarbayjoncha: Zaqafqaziya Sosialist Federativ Sovet Respublikası; gruzincha: ამიერკავკასიის საბჭოთა ფედერაციული სოციალისტური რესპუბლიკა; ruscha: Закавказская Социалистическая Федеративная Советская Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1922–1936-yillarda mavjud boʻlgan. Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyani oʻz ichiga olgan. Rossiyadan Kavkaz togʻlari ajratib turgani uchun bu uch davlat Zakavkazye (Kavkazorti) davlatlari deb nomlangan. Zakavkazye SFSR 1922-yil 30-dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvini imzolagan toʻrt davlatning biridir. Oʻsha kuni Sovet Ittifoqiga kiritilgan.[1]
Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
Shior
| ||||||||||||||||||
![]() Zakavkazye SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
| ||||||||||||||||||
Poytaxti | Tbilisi | |||||||||||||||||
Til(lar)i | Arman · Ozarbayjon · Gruzin · Rus | |||||||||||||||||
Etnoxoronimi | Kavkaz Arman Ozarbayjon Gruzin Sovet | |||||||||||||||||
Hukumati | Federal sovet sotsialistik respublika | |||||||||||||||||
Birinchi kotib | ||||||||||||||||||
• | 1922—1926 | Grigoriy Orjonikidze | ||||||||||||||||
• | 1932—1936 | Lavrentiy Beriya | ||||||||||||||||
Tarixi | XX asr | |||||||||||||||||
• | Respublika eʼlon qilingan | 12-mart 1922-yil | ||||||||||||||||
• | Tugatilgan | 5-dekabr 1936-yil | ||||||||||||||||
Maydoni | ||||||||||||||||||
• | 1922-yil | 186100 km² | ||||||||||||||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | |||||||||||||||||
|
Tarixi Tahrirlash
1922-yilning 12-martida Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya hududida Zakavkazye Federatsiyasi tuzilgan. Oʻsha yilning 13-dekabrida Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi (Zakavkazye SFSR) deb qayta nomlangan. Zakavkazye SFSR 1922-yil 30-dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvini imzolagan toʻrt davlatning biridir. Oʻsha kuni Sovet Ittifoqiga kiritilgan. 1936-yil 5-dekabrda Zakavkazye SFSR tugatilib, uning oʻrniga Armaniston SSR, Ozarbayjon SSR va Gruziya SSR tuzilgan.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ "Zakavkazye Federatsiyasi" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 288. 5-89890-002-0.