Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi
(Gruziya SSRdan yoʻnaltirildi)

Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Gruziya SSR (gruzincha: საქართველოს საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა; ruscha: Грузинская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Gruziyasi deb yuritiladi.

1921—1991
Maqom Andoza:Davlat bilgiqutisi/status text
Hukumat boshchisi  
• 1922
Polikarp Mdivani
• 1990—1991
Tengiz Sigua
Davlat boshchisi  
• 1990—1991
Zviad Gamsakhurdia
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Gruziya Demokratik Respublikasi
Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi
Armaniston
Ozarbayjon
Gruziya
Rossiya

Gruziya SSR 1801-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan anneksiya qilinib olinishidan avval Kavkazda bir necha mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan Gruziyaning anʼanaviy hududida tuzilgan. 1918-yilda mustaqillikka erishgan Gruziya Demokratik Respublikasini 1921-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi ishgʻol qilgan. Gruziya 1922–1936-yillarda Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibida boʻlgan.

Gruziya SSR poytaxti Tbilisi shahri boʻlgan. Respublika 65 rayonga boʻlingan, 58 shahar, 55 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1989-yilning 18-noyabrida Gruziya SSR suverenitet eʼlon qildi. 1990-yilning 14-noyabrida mamlakat Gruziya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yil 6-aprelda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.

Tarixi tahrir

Gruziyada sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yilliklar boshlarida tarkib topgan. Miloddan avvalgi 6-asrda Kolxida podsholigi, 4–3-asrlarda Iberiya (Kartli podsholigi) tarkib topgan. 6-asr boshidan 10-asr boshlarigacha Sosoniylar sulolasi, Vizantiya va Arab xalifaligi hukmronligi ostida boʻlgan. 6–10-asrlarda gruzin elati tarkib topgan.

 
Gruziya SSRning 1944–1955-yillardagi xaritasi

8–9-asr boshlarida Kaxeti, Ereti, Tao-Klarjeti feodal knyazliklari, Abxaziya podshologi vujudga kelgan. 13–14-asrlarda moʻgʻullar bostirib kirgan va Amir Temur qoʻshinlari Gruziya hududini egallagan. 16–18-asrlarda Gruziya hududi Eron va Turkiya oʻrtasida kurash maydoniga aylangan.

1801-yili Gruziyaning sharqiy, 1803–1864-yillari gʻarbiy qismlari Rossiyaga qoʻshib olingan. 19-asrning 90-yillarida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar tuzilgan. 1918-yilda Gruziya Demokratik Respublikasi mustaqil davlatiga asos solingan.

1921-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Gruziyani ishgʻol qilgan va u yerda Sovet hokimiyatini oʻrnatgan. 1921-yili 25-fevralda Gruziya SSR tuzilgan. Gruziya 1922-yil 12-martdan Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibida boʻlgan. 1936-yil 5-dekabrdan ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.

1989-yilning 18-noyabrida Gruziya SSR suverenitet eʼlon qildi. 1990-yilning 14-noyabrida mamlakat Gruziya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yil 6-aprelda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.

Manbalar tahrir

  1. "Gruziya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 215. 5-89890-002-0. 

Havolalar tahrir