Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi
(Armaniston SSRdan yoʻnaltirildi)

Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Armaniston SSR (armancha: Հայկական Սովետական Սոցիալիստական Հանրապետություն; ruscha: Армя́нская Сове́тская Социалисти́ческая Респу́блика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1920-yilda qisqa vaqt mavjud boʻlgan Birinchi Armaniston Respublikasini sovetlar bosib olganidan keyin tashkil topgan. Shu sabab Armaniston SSR Ikkinchi Armaniston Respublikasi deb ham nomlanadi. Respublika 1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketgunicha mavjud boʻlgan. Ayrim manbalarda Sovet Armanistoni deb yuritiladi.

1920—1922
1936—1991
Maqom Yarim mustaqil davlat (1920–22)
ZSFSR tarkibida (1922–36)
Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91)
De facto suveren davlat (1990–91)
Hukumat boshchisi  
• 1922—1925
Sargis Lukashin
• 1990—1991
Vazgen Manukyan
Davlat boshchisi  
• 1990—1991
Levon Ter-Petrosyan
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Birinchi Armaniston Respublikasi
Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi
Armaniston
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Armaniston

Sovet Ittifoqi tarkibida Armaniston SSR agrar respublikadan muhim sanoat markaziga aylandi. Mamlakat aholisi 1926-yilda 880 mingni tashkil qilgan boʻlsa, 1989-yilga kelib bu koʻrsatkich deyarli toʻrt martaga oshib, 3,3 millionga yetdi. Aholi soni oʻsishiga tabiiy demografik oʻzgarishlar hamda Arman qirgʻinida tirik qolganlar va ularning avlodlarining mamlakatga koʻchib kelishi sabab boʻldi.

Armaniston SSR poytaxti Yerevan shahri boʻlgan. Respublika 36 rayonga boʻlingan, 24 shahar, 33 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

Armaniston SSR 1990-yilning 23-avgustida suverenitet eʼlon qildi va Armaniston Respublikasi deb qayta nomlandi. Ammo 1991-yilning 21-sentabrida mustaqillik eʼlon qilingunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Armaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi. 1995-yil Armaniston Respublikasining yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.

Tarixi

tahrir

Armanistonda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillar boshlarida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 9–6-asrlarda Urartu quldorlik davlati mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 6–3-asrlarda axomaniylar va salavkiylar hukmronligi ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrdan Rim bilan Parfiya oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. 3–4-asrlarda Armaniston Eronga qaram feodal davlat boʻlgan. 7–15-asrlarda arablar, vizantiyaliklar, saljuqiylar, moʻgʻullar istilo qilgan va Temur davlati tarkibiga kirgan. 16–18-asrlarda Eron va Turkiya oʻrtasida taqsimlangan.

 
Armaniston SSRning hududiy boʻlinishi

1805–1828-yillari Sharqiy Armaniston Rossiyaga qoʻshib olingan. 19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar vujudga kelgan. 1902-yili Arman sotsialist-demokratik ittifoqi, 1905-yili esa RSDRPning Yerevan qoʻmitasi tuzilgan. 1917-yil noyabrda Armanistonni ingliz-turk qoʻshinlari bosib olgan.

Armanistonda sovet hokimiyati 1920-yili oʻrnatilgan. 1920-yilning 29-noyabrida Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topgan. 1922-yil 12-martda Zakavkazye SFSR, 1936-yil 5-dekabrda bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.

Armaniston SSR 1990-yilning 23-avgustida suverenitet eʼlon qildi va Armaniston Respublikasi deb qayta nomlandi. Ammo 1991-yilning 21-sentabrida mustaqillik eʼlon qilingunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Armaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi. 1995-yil Armaniston Respublikasining yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.

Manbalar

tahrir
  1. "Armaniston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 56. 5-89890-002-0. 

Havolalar

tahrir