Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Gruziya SSR (gruzincha: საქართველოს საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა; ruscha: Грузинская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Gruziyasi deb yuritiladi.
Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi | ||||||||||||||||||
Грузинская Советская Социалистическая Республика საქართველოს საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკა | ||||||||||||||||||
Yarim mustaqil davlat (1921–22) ZSFSR tarkibida (1922–36) Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91) | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
Shior პროლეტარებო ყველა ქვეყნისა, შეერთდით! (Gruzincha) P’rolet’arebo q’vela kveq’nisa, sheertdit! (transliteratsiya) „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ | ||||||||||||||||||
Madhiya საქართველოს საბჭოთა სოციალისტური რესპუბლიკის სახელმწიფო ჰიმნი Sakartvelos sabch’ota sotsialist’uri resp’ublik’is sakhelmts’ipo himni „Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“ | ||||||||||||||||||
![]() Gruziya SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
| ||||||||||||||||||
Poytaxti | Tbilisi | |||||||||||||||||
Til(lar)i | Rasmiy tillar: Gruzin • Rus Ozchiliklar tillari: Abxaz • Osetin | |||||||||||||||||
Etnoxoronimi | Gruzin Sovet | |||||||||||||||||
Hukumati | Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1921-1927; 1953-1991) Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1927-1953) | |||||||||||||||||
Birinchi kotib | ||||||||||||||||||
• | 1921–1922 | Mamia Orakhelashvili | ||||||||||||||||
• | 1989–1990 | Givi Gumbaridze | ||||||||||||||||
Hukumat boshchisi | ||||||||||||||||||
• | 1922 | Polikarp Mdivani | ||||||||||||||||
• | 1990—1991 | Tengiz Sigua | ||||||||||||||||
Davlat boshchisi | ||||||||||||||||||
• | 1990—1991 | Zviad Gamsakhurdia | ||||||||||||||||
Tarixi | XX asr | |||||||||||||||||
• | Sovet okkupatsiyasi | 11-fevral 1921-yil | ||||||||||||||||
• | Tashkil etilgan | 25-fevral 1921-yil | ||||||||||||||||
• | Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan | 30-dekabr 1922 | ||||||||||||||||
• | Qayta asos solingan | 5-dekabr 1936-yil | ||||||||||||||||
• | Suverenitet eʼlon qilingan | 18-noyabr 1989-yil | ||||||||||||||||
• | Gruziya Respublikasi deb qayta nomlangan | 18-noyabr 1990-yil | ||||||||||||||||
• | Mustaqillik eʼlon qilingan | 9-aprel 1991-yil | ||||||||||||||||
• | Mustaqillik yakunlangan | 26-dekabr 1991-yil | ||||||||||||||||
Maydoni | ||||||||||||||||||
• | 1989-yil | 69700 km² | ||||||||||||||||
Aholisi | ||||||||||||||||||
• | 1989-yil (tax.) | 5 400 841 | ||||||||||||||||
Zichlik | 77.486958393113 km² | |||||||||||||||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | |||||||||||||||||
Telefon kodi | +7 881/882/883 | |||||||||||||||||
|
Gruziya SSR 1801-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan anneksiya qilinib olinishidan avval Kavkazda bir necha mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan Gruziyaning anʼanaviy hududida tuzilgan. 1918-yilda mustaqillikka erishgan Gruziya Demokratik Respublikasini 1921-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi ishgʻol qilgan. Gruziya 1922–1936-yillarda Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibida boʻlgan.
Gruziya SSR poytaxti Tbilisi shahri boʻlgan. Respublika 65 rayonga boʻlingan, 58 shahar, 55 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
1989-yilning 18-noyabrida Gruziya SSR suverenitet eʼlon qildi. 1990-yilning 14-noyabrida mamlakat Gruziya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yil 6-aprelda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
Tarixi Tahrirlash
Gruziyada sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yilliklar boshlarida tarkib topgan. Miloddan avvalgi 6-asrda Kolxida podsholigi, 4–3-asrlarda Iberiya (Kartli podsholigi) tarkib topgan. 6-asr boshidan 10-asr boshlarigacha Sosoniylar sulolasi, Vizantiya va Arab xalifaligi hukmronligi ostida boʻlgan. 6–10-asrlarda gruzin elati tarkib topgan.
8–9-asr boshlarida Kaxeti, Ereti, Tao-Klarjeti feodal knyazliklari, Abxaziya podshologi vujudga kelgan. 13–14-asrlarda moʻgʻullar bostirib kirgan va Amir Temur qoʻshinlari Gruziya hududini egallagan. 16–18-asrlarda Gruziya hududi Eron va Turkiya oʻrtasida kurash maydoniga aylangan.
1801-yili Gruziyaning sharqiy, 1803–1864-yillari gʻarbiy qismlari Rossiyaga qoʻshib olingan. 19-asrning 90-yillarida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar tuzilgan. 1918-yilda Gruziya Demokratik Respublikasi mustaqil davlatiga asos solingan.
1921-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Gruziyani ishgʻol qilgan va u yerda Sovet hokimiyatini oʻrnatgan. 1921-yili 25-fevralda Gruziya SSR tuzilgan. Gruziya 1922-yil 12-martdan Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi tarkibida boʻlgan. 1936-yil 5-dekabrdan ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.
1989-yilning 18-noyabrida Gruziya SSR suverenitet eʼlon qildi. 1990-yilning 14-noyabrida mamlakat Gruziya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yil 6-aprelda Gruziya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ "Gruziya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 215. 5-89890-002-0.
Havolalar Tahrirlash
Vikiomborda Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida turkum mavjud |