Muvaqqat Fargʻona hukumati (MFH) (1919-yil 9 (22)-oktabr — 1920-yil 22-fevral (6-mart)) — Rossiyadagi fuqarolar urushi davrida Turkistonning Fargʻona viloyatidagi hukumat.

Muvaqqat Fargʻona hukumati
Agentlik haqida umumiy maʼlumot
Tashkil etilgan 22 [E.U. 1919] октября
Avvalgi agency
  • Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Tugatilgan [E.U. 1920] mart
 Oʻzbekiston Oʻzbekiston tarixi

Miloddan avval
Tarixiy Markaziy Osiyo
Andronovo madaniyati (e.a. XVIIIX)
Baqtriya–Margʻiyona arxeologik majmuasi (e.a. XXIIIXVIII)
Skiflar (saklar, massagetlar, dahlar) (e.a. VIIIIV)
Xorazm (e.a. VIIIe.a. VI asr)
Sugʻdiyona (—e.a. VI asr)
Choch (—e.a. III asr)
Fargʻona (—e.a. VI asr)
Baqtriya (VIIIe.a. VI asr)
Fors istilosi (e.a. 558330)
Ahamoniylar Ahamoniylar imperiyasi (558e.a. 330)
Yunon istilosi (e.a. 334125)
Iskandar Maqduniy imperiyasi (e.a. 334e.a. 146)
Salavkiylar davlati (312e.a. 64)
Yunon-Baqtriya podsholigi (e.a. 250125)
Eroniy davlatlar (e.a. II1055)
Qangʻ davlati (e.a. III asrV a.lar yarmi)
Davan (e.a. II asrI asr)
Milod
Kushon podsholigi (I — III aa.)
Xioniylar davlati (IV — V aa.)
Kidariylar davlati (IV — V aa.)
Eftaliylar davlati (V — VI aa.)
Turk xoqonligi (552603)
Gʻarbiy xoqonlik (603698)
Turkash xoqonligi (698766)
Oʻgʻuz davlati (7501055)
Qorluq xoqonligi (766940)
Islom dini kelishi (661750)
Umaviylar xalifaligi (661750)
Abbosiylar xalifaligi (7501258)
Toxiriylar amirligi (821873)
Somoniylar amirligi (875999)
Turkiy davlatlar (9991221)
Gʻaznaviylar davlati (9631187)
Qoraxoniylar davlati (8401040)
Gʻarbiy Qoraxoniylar xonligi (10401212)
Saljuqiylar davlati (10371194)
Xorazmshohlar davlati (10771231)
Moʻgʻullar istilosi (12191269)
Qoraxitoylar davlati (11411212)
Moʻgʻullar davlati (12061291)
Chigʻatoy ulusi (12241340)
Gʻarbiy Chigʻatoy ulusi (13401370)
Amir Temur davlati va Temuriylar davlati (13701500)
Buxoro xonligi (15001785)
Xiva xonligi (15121920)
Qoʻqon xonligi (17091876)
Toshkent davlati (17841809)
Buxoro amirligi (17851920)
Rossiya imperiyasi ekspansiyasi
(18531920)
Turkiston muxtoriyati (19171918)
Muvaqqat Fargʻona hukumati (19191920)
Sovet davri (19201991)
Turkiston ASSR bayrogʻi Turkiston ASSR (19181924)
Buxoro XSR bayrogʻi Buxoro XSR (19201924)
Xorasm XSR bayrogʻi Xorazm XSR (19201924)
Oʻzbek SSR bayrogʻi Oʻzbek SSR (19241991)
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi (1991-yildan)

«Oʻzbekiston» portali

Sovet rejimiga va qizil armiyaga qarshi kurashayotgan Fargʻona harbiy muxolifati tomonidan Pomirning Ergashtom ovulida boʻlgan anjumanda tashkil topgan. Hukumat tarkibiga Madaminbek bosh vazir va oliy bosh qoʻmondon, krestyanlar armiyasining rahbari polkovnik K. Monstrov unga oʻrinbosar, general mayor Muxanov harbiy vazir, yirik savdogar Hakimjon Azizxonov moliya vaziri, advokat Nensberg ichki ishlar va adliya vaziri, shuningdek, Sulaymon Kuchukov, Plotnikov, Fenin va boshqa (16 musulmon va 8 rus) vazir sifatida kiritilgan.

1919-yil oktabrda Madaminbekning qarorgohida koʻp davlatlarning rasmiy vakillari boʻlgan. M.Muvaqqat Fargʻona hukumatining nufuzi esa Fargʻona xalqi oʻrtasida juda kuchli boʻlgan. 1919-yil oktabrda 150 tacha qoʻrboshi dastalari 4 ta yirik lashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek, Xolxoʻja Eshon boshchiligida birlashtirilgan. Mazkur dastalarning har birida sobiq podsho armiyasi ofitserlari va turk zobitlaridan tashkil topgan harbiy yoʻriqchi lavozimi joriy qilindi. Shuningdek, istiqlolchilar qoʻshini orasidan mustaqillik gʻoyasiga sadoqatli, mard va jasur yigitlar tanlab olinib, ular qoʻrboshilarni tayyorlash maxsus kurslarida oʻqitildi. Ular tajribali qoʻmondonlardan Sharq harbiy sanʼatini oʻrgandilar. Oʻsha davr voqealarining bevosita shohidi Alixontoʻra Sogʻuniyning yozishicha, bu kurslarda harbiy mashgʻulotlar "Temur tuzuklari" asari asosida oʻrgatilgan.

M.F.h. huzurida xorijiy mamlakatlardan qurol-yarogʻ sotib olish bilan shugʻullanadigan maxsus idora, shuningdek, hukumatning maqsad va vazifalarini xalqqa tushuntirish bilan shugʻullanuvchi gʻoyaviy uyushma ham tashkil etilgan. Uyushma, asosan, varaqalar, chaqiriqlar, murojaatnomalar va bayonotlar nashr qilish hamda ularni qoʻshin va xalq oʻrtasida tarqatish bilan shugʻullangan.

1920-yil boshlarida Rossiya markazidan Fargʻona vodiysiga qizil armiyaning yangi qismlari tashlangach, bir qator janglarda Madaminbek yigitlari magʻlubiyatga uchragan. Monstrov va Muxanov qizil armiya tomoniga oʻtgan. Madaminbek bilan bolsheviklar oʻrtasida sulh tuzilgach (1920.6.3), M.F.H. oʻz-oʻzidan tarqalib ketdi.

Qoʻrboshi

tahrir

Yana qarang

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Turkestan v nachale XX veka: v istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000;
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi [2-kitob], Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida, T., 2000;
  • Rajabov K,., Xaydarov M., Turkiston tarixi (1917—1924), T., 2002.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil