Qorluq xoqonligi (uygʻurcha: Qarluq xaqanligi, xitoycha: nghunghui, Pinyin: Géluólù Yèhùguó) – qorluq zodagonlari tomonidan tashkil etilgan va qabila federatsiya sifatida faoliyat olib borgan oʻrta asrlar davlati. Ayni vaqtda qorluqlar Islomni qabul qilgan ilk turk qabilalaridan biridir. Devanu Lugʻatit turkda: „ قرلق Qorluq“ „Bu koʻchmanchi turklardan bir guruhining nomidir. Ular oʻgʻuzlardan ajralib turadi. Oʻgʻuzlar kabi turkmandirlar“ shaklida eslab oʻtilgan[1].

Qorluq xoqonligi hududi

Tarixi

tahrir

753-yilda Tung Bilga Yabgʻu Qorluqlarning hukmdori boʻldi. Ilgari „Kul-Erkin“ unvoniga ega boʻlgan „Uch qorluq“ qabila boshligʻiga „Yabgʻu“ unvoni berilar edi. Poytaxt sifatida Suyob shahri tanlangan.

756-yilda qorluqlar Onoklar avlodidan boʻlgan Turkesh xoqonligini magʻlubiyatga uchratib, Gʻarbiy Turkistonda davlat tuzgan. 766-yilda davlat poytaxi Balasagʻunga koʻchirilgan.

840-yilda boshqa bir qorluq urugʻi tomonidan asos solingan Qoraxoniylarga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar hukmronligi ostida boʻlishlariga qaramay, ular asosan mustaqilligini saqlab qolgan. 893-yilda Sirdaryoning sharqiy tomoniga yurish uyushtirgan Ismoil Somoniy qarluqlarni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi va Talas shahrini egallaydi. 943-yilda oʻgʻuzlar va yagʻmolarga qarshi uzoq vaqt kurashib kelgan Qorluq xoqonligi Qoraxoniylaning hujumidan soʻng butunlay parchalanib ketgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Atalay, Besim (2006). Divanü Lügati’t-Türk. Ankara: Türk Tarih Kurumu Basımevi. ISBN 975-16-0405-2, Cilt I, sayfa 473.